277 voqealarga kishilarning munosabati ularni anglashdan boshlanadi. Dunyoni anglash,
uni bilish tafakkurlash yo’li bilan hosil bo’ladi. Shuning uchun ham olamni falsafiy
anglash, tafakkurlash jarayonining qonun-qoidalari, usullari, shakllari hamma vaqt
falsafa fanida qiziqish uyg’otib kelgan va hozirgi vaqtda ham shunday bo’lmoqda.
Inson o’zining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun olamda mavjud bo’lgan
narsa va hodisalar bilan aloqa bog’laydi. Natijada ular kishilarning hissiy a’zolariga
ta’sir ko’rsatib, inson ongida muayyan tushunchalar hosil etadi. Ob’ektiv olamning
sub’ektiv obrazi bo’lgan mazkur tushunchalar yordamida mulohaza yuritish yo’li
bilan biz voqelikdagi narsa va hodisalarning o’zaro aloqadorligi, mazmun-mohiyati,
taraqqiyot qonuniyatlari haqida ma’lum bilimlarga ega bo’lamiz.
Kishilarning olam haqidagi bilimlari kundalik hayotiy tajriba asosida
stixiyali ravishda to’plangan yoki ilm-fan yordamida ongli ravishda qo’lga kiritilgan
ma’lumotlardan tarkib topadi. Kundalik hayotiy tajriba asosida to’plangan empirik
bilimlar asosida kishilarda olam haqida yuzaki va sodda dunyoqarash hosil bo’ladi.
Bunday bilimlar odatda, sub’ektiv xususiyatga ega bo’lib, unga muvofiq inson
dunyoning markazi sifatida tasvirlanadi. Shuning uchun ham kundalik empirik
bilimlar ilmiy bilimlarga qadar to’plangan dastlabki ma’lumotlar hisoblanadi.
Fan taraqqiyoti natijasida qo’lga kiritilgan bilimlar olam haqida ilmiy
asoslangan falsafiy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi.
Bunday bilimlar o’zining mukammalligi, ko’lami, chuqurligi bilan oddiy
bilimlardan keskin farq qiladi.
Ilmiy-falsafiy bilimlarning rivojlanishi esa o’z navbatida olamni falsafiy
anglash, tafakkurlash usullari, yo’llarini nazariy jihatdan asoslab berishni taqozo
etadi. SHu tariqa falsafa fanining tarkibiy qismini tashkil etuvchi - dialektik mantiq
ta’limoti vujudga keldi. Mazkur yo’nalishning asosiy maqsadi va vazifasi -
falsafiy tafakkurlash usulining mantiqi, qonun-qoidalari, shakllarini o’rganishdan
iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, olamdagi narsa va hodisalar, ularning o’zaro
aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini falsafiy anglash uchun qanday usullardan
foydalanmoq lozim, qanday qonun qoidalarga rioya etish kerak? degan savolga javob