274 olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to’xtovsiz harakat qilishda,
rivojlanishda, o’zgarishda. Inson bilimi esa hech qachon moddiy olamni butunlay
qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham inson bilimining mutlaq haqiqatga
yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, ularda
ob’ektiv mazmun yuq ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Har qanday
haqiqat nisbiyligiga qaramay unda mutlaq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutlaq va
nisbiy haqiqatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’ymay, balki ularni ajralmas bir
butun holda olib o’rganmoq zarur.
Mutlaq va nisbiy haqiqatlarning dialektik munosabatini bilish dogmatizm,
agnostitsizm, relyativizm va volyuntarizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega.
Relyativizm inson bilimlarini nisbiy deb qarash bilan birga ob’ektiv haqiqatni
butunlay inkor etadi. U bilish jarayoniga dialaktikani tatbiq eta olmaganligi uchun
faqat nisbiy haqiqatni e’tirof etadi va uni mutlaqlashtiradi. Uning asl maqsadi
mutlaq haqiqatni, shu bilan birga ob’ektiv haqiqatni inkor etishdir.
Inson ob’ektiv olamni o’z amaliy faoliyatida ma’lum tarixiy va ilmiy
imkoniyatlar asosida biladi, imkoniyat esa hamma vaqt to’la bo’lmaydi. Ilmiy
haqiqatlar aniq tarixiy sharoit bilan bog’liq bo’lib, aniq shaklda namoyon bo’ladi.
SHuning uchun haqiqat mavhum emas, aniq bo’ladi.
Haqiqat mezonini nima tashkil etadi? degan savol bilish nazariyasining
murakkab masalasi bo’lib hisoblanadi.
XVII asr ingliz faylasufi F.Bekon haqiqatning asosiy mezonini
eksperimental tajriba tashkil etadi, degan g’oyani ilgari surgan edi. Uning fikricha,
“barcha isbotlar ichida eng yaxshisi - tajribadir, agarda u barcha sinovlar ichida o’z
predmet mohiyatidan chiqmagan holda bo’lsa”.
XVIII asr frantsuz faylasufi Didro ham tajribani haqiqatning asosiy mezoni
deb hisoblagan edi. «Biz, - deb yozgan edi Didro, - uch asosiy izlanishlar
vositasida o’rin egallaymiz: tabiatni kuzatishda, mushohada va tajribalar borasida.
Kuzatish ma’lumotlar yig’indisidan, mushohada ularni mujassamlashtirishdan,
tajriba esa mujassamlashgan fikrlarimizni tekshirib ko’rishdan iboratdir».