Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   466
TATU Falsafa

270
 
bilimlarning vujudga kelishida, intuitsiya ahamiyatga ega deb ta’lim beradi. 
Hissiy bilish bilan mantiqiy bilishni ajratib bo’lmaydi va bunday ajratish 
muqarrar ravishda bilish jarayonini noto’g’ri tushunishga olib ketadi. 
Empirizm
(yunoncha «empeiria» — tajriba so’zidan) namoyandalari 
bilishdagi abstrakt tafakkurning roliga yetarli baho bermaydilar va hissiy 
tajribagina insonga dunyoning chinakam manzarasini yaratib beradi, deb 
hisoblaydilar. 
Ratsionalizm
(lotincha «rationalis, ratio» — aql so’zidan) namoyandalari 
sezgi a’zolariga ishonmaydilar va aqlni, abstrakt tafakkurni haqiqiy bilimning 
birdan-bir manbai deb biladilar. 
Modomiki, hissiy bilish bilan mantiqiy bilish birlikda maydonga chiqar 
hamda bir-birini to’ldirar va boyitar ekan, bilishda sezgilar beradigan 
ma’lumotlarga ham, aqliy xulosalarga ham mensimaslik bilan qarash mumkin 
emas. 
Sezgi organlarimiz orqali biz narsalarning xossasini, xususiyatlarini his 
qilamiz, aqliy bilish tufayli biz ularning moddiy asosini, mohiyatini; bilishga 
muyassar bo’lamiz. 
«Bilki, - deb yozadi, - Abu Nasr Forobiy, (olamda) substantsiya (javhar) va
 
aktsidentsiya (javhar bo’lmagan, oraz) hamda substantsiya, aktsidentsiyani 
yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo’kdir». 
Aktsidentsiyani besh sezgi his etadi, ular o’rtasida hech qanday vosita 
yo’qdir, masalan, ko’rish o’zicha rangni his etadi, shu bilan u oq va qorani bir-
biridan farq qiladi; eshitish o’zicha baland hamda past ovozlarning farqini sezadi; 
ta’m-maza sezgisi turli ta’mlarni qabul qiladi, shirin va achchiq ta’mlarning farqini 
ajratadi; teri sezgisi predmetlarning holatini sezadi va ularning yumshoq yoki 
qattiqlik holatini farq qila oladi. 
Substantsiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aktsidentsiya aql uchun vosita 
bo’lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rangga ega bo’lgan narsa borlig’ini, 
ovoz ketida ovozi kelayotgan narsa mavjudligini biladi, aqlning boshqa sezgilar 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin