269 madaniyatni boyitadi, bilimni rivojlantiradi.
Ijodni shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin: ilmiy ijod va badiiy ijod.
Ilmiy ijod mavhum tafakkuri ustun rivojlangan kishilarga xos. Badiiy ijod esa
tabiat va inson hayotidagi turli ohanglar, manzaralar, tuyg’ularni nozik idrok
qiluvchi, hissiyotli kishilarga xos.
Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, yozuvchilar, san’atkorlar faoliyati badiiy
ijodga kiradi. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijod
jarayonida tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy
ijodda ma’naviy, hissiy muammolari, san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos
qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi. Badiiy ijodda o’ziga xoslik bo’lmasa, bunday
ijodning ijtimoiy va estetik qimmati yo’qoladi.
Tasavvur hissiy bilishning yuqori bosqichi bo’lib, inson amaliy faoliyati
natijasida maqsadga muvofiq ravishda hosil bo’ladi. Tasavvurning ilmiy, badiiy,
diniy shakllari mavjud. Olimning tasavvuri orqali fahmlash, ilmiy tajriba,
modelning shakllanishi uchun g’oya vujudga keladi, bu esa bilish uchun yordam
beradi. Tasavvur ayniqsa badiiy ijodda katta ahamiyatga ega.
Haqiqatni dalil bilan isbotlamasdan turib, to’g’ridan-to’g’ri, bevosita bilib,
anglab olish qobiliyatini qadimgi faylasuflar intuitsiya (hissiy bilish) deb
qaraganlar. XVII asr faylasuflari intuitsiyaning o’zigina ishonchli bilim bermaydi,
faqat intellektual intuitsiyagina haqiqiy bilim beradi, deb hisoblaganlar. Hozirgi
zamon faylasuflari (Bergson, Freyd) intuitsiyani butun ijodiy faoliyatni belgilovchi
yashirin, qorong’i, ongsiz boshlang’ich ijod deb qaraydilar. Bunday qarash, esa
narsa va hodisalar mohiyatini bilish mumkin emas deyishga olib keladi.
Intuitsiya bilishning alohida bosqichi emas, balki jonli mushohada va
mavhum tafakkur bilan uzviy bog’langan, yordamchi rol o’ynaydigan shaklidir.
Dunyoni tajriba va tafakkurga tayanmasdan, faqat intuitsiya yordamida bilish
mumkin deb da’vo qiluvchi falsafiy oqim — intuitivizm bo’lib, uning tarafdorlari
intuitsiyani ongning ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi bo’lmagan alohida
xususiyati deb tushuntirishga urinadilar. Dialektika esa bilish jarayonida, ya’ni