Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   466
TATU Falsafa

272
 
olamning mavjudligini e’tirof etish bilan uning to’g’ri in’ikosining hosil bo’lishi 
ob’ektiv haqiqatdan iboratdir. Dialektika ob’ektiv haqiqatni e’tirof etish bilan uni 
birdaniga bilish mumkin emas, deb hisoblaydi. Ob’ektiv haqiqatni bilish fan 
taraqqiyoti, amaliyot asosida amalga oshishi mumkin. Haqiqatni bilish doimo 
pastdan yuqoriga qarab rivojlanuvchi jarayondir. 
Ob’ektiv haqiqat inson va insoniyatga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv 
reallikning to’g’ri in’ikosidan iboratdir. Bu in’ikos in’ikos etuvchi reallikka mos 
kelishi kerak. Tabiat ilmining yer insoniyatdan burun mavjud edi, degan fikri 
ob’ektiv haqiqatdir. Tabiat va jamiyat qonunlari ob’ektiv haqiqatdir. Bu qonunlar 
insonga bog’liq bo’lmagan, undan tashqarida mavjud bo’lgan ichki, zaruriy, 
muhim bog’lanishlarini ifodalaydi, bu qonunlarni inson bekor qila olmaydi, o’z 
ixtiyori bilan o’zgartira olmaydi. 
Ayrim faylasuflar (Bogdanov va boshqalar) ob’ektiv real dunyoni inkor etib, 
uni sezgilar majmuasi deb biladi va haqiqatni ham sub’ektiv shaklda tasvirlaydi. 
Ularning fikricha, haqiqat — mafkura shakli yoki inson tajribasini tashkil etuvchi 
shakldir. Uning bu da’vosi, fideizmga, uning da’volariga ishonishga olib keladi. 
Xuddi shunday fikrni hozirgi zamon falsafasida ham ko’rish mumkin. Unga 
ko’ra, har qanday diniy xurofotlarni himoya qilish ob’ektiv haqiqatni inkor 
etishdir. 
Dialektika bilimlarimiz abadiy bo’lmay, ular takomillashib boradi
bilmaslikdan bilish tomon boradi, nisbiy haqiqatdan mutlaq haqiqatga boradi deb 
tushuntiradi. Haqiqatdan ham olamda inson bilib ololmaydigan narsa yo’q. 
Shuning uchun ham bilish jarayonining rivojlanishi cheksiz, u biror chegarada 
to’xtashi mumkin emas. Inson erishgan yangi bilimi avvalgi bilimidan ko’ra 
yuqoriroq bo’lishiga qaramasdan, kelajak uchun u chegara emas, u yangi bilim 
uchun zaruriy bosqich hisoblanadi. Demak, mutlaq va nisbiy haqiqatlar dialektik 
munosabatda bo’ladi. 
Har bir nisbiy haqiqatda mutlaq haqiqat elementi, zarrasi bor, chunki unda 
moddiy dunyoning ma’lum tomonlari aks etadi. Nisbiy haqiqat ob’ektiv olamning 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin