268
Muhokamada tushuncha bir-biri bilan bog’lanib, ular o’rtasida munosabat
paydo bo’ladi. Unda tushunchalarning bizga bog’liq bo’lmagan qandaydir
voqealari aks etadi.
Tafakkurning uchinchi shakli
mantiqiy aqliy xulosa
chiqarishdir. Xulosa bir
yoki bir necha muhokamadan kelib chiquvchi bilimdir. U orqali ilgari ma’lum
bo’lgan bilimlar asosida yangi bilim paydo bo’ladi.
Mantiqiy aqliy xulosada muhokamalar majmuasi bir-biriga bog’lanib, yangi
bir xulosa kelib chiqadi. Bunday xulosaga asos bo’lgan ikki muxohama dalil deb
ataladi. Demak, aqliy xulosa fikrni taqqoslaydi, bog’laydi, mavhum tafakkur sodir
bo’lish jarayonini ifodalaydi. Shunday qilib, insoniyatning barcha bilimlari sezgi
materiallarini umumlashtirish orqali hosil bo’ladi.
Bilish jarayoni murakkab, ko’p qirrali jarayondir. U albatta sub’ektning
qobiliyati, izlanuvchanligi, mantiqiy tafakkurning xususiyati, voqelik hodisalarini
kuzatish, uning mohiyatini ochishda ham bir narsa va hodisaga ijodiy yondashishni
talab qiladi. SHuning uchun ham bilishda ijod katta o’rin egallaydi.
Ijod
insonning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lgan yangilik yaratish, kashf etish faoliyati bo’lib, murakkab
ruhiy jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol
ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo’ladi. Abu Nasr
Forobiyning ta’biricha, ijod — bilish jarayonida shunday ulug’ fazilatki, inson uni
egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarni ishga solishi kerak.
Ijod jarayonida boshqalar tomonidan qo’lga kiritilgan bilimlar chuqur,
atroflicha, tanqidiy ravishda o’rganiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar, hisoblashlar
o’tkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi. Xulosalarning to’g’ri yoki noto’g’ri
ekanligi tajribada sinaladi. Agar xulosa noto’g’ri bo’lsa, tajriba natijasi avvalgi
bilimga mos tushmaydi, demak, xulosa qaytadan o’rganiladi. Ijodiy izlanish
natijasida kelib chiqqan bilim mazmuni turli shakllarda — badiiy asar, matematik
formula, nazariya, qonun va boshqalar orqali jamiyatga taqdim etiladi. Ulardan
jamiyat bahramand bo’lsagina, haqiqiy, to’liq ijod bo’ladi. Ijod — fan, texnika,
|