298 o’xshashlik, muvofiqlik yotadi. Modellashtirish usuli ilmiy tadqiqot jarayonini
yengillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab ob’ektlarni o’rganishning yagona vositasi
hisoblanadi. Bu usul o’rganish qiyin bo’lgan ob’ektlarni tadqiq etishda
qo’llaniladi. Masalan, yirik fizik Borning atom modeli atomning murakkab
xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu usul ob’ektning faqat ma’lum
xususiyat va munosabatlarinigina emas, balki yangi xususiyat va munosabatlarini
ham aniqlash usuli hisoblanadi.
Modellar ikki xil: moddiy va g’oyaviy bo’lishi mumkin. Moddiy narsalardan
yasalgan modellar moddiy
modellar deyiladi. Bu modellar ob’ektlarning taraqqiyot
jo’shqinligini, ularning mohiyatini ifodalovchi zaruriy, qonuniy aloqalarni,
munosabatlarni qayta hosil qiladi. G’oyaviy modellar esa g’oya shaklida mavjud
bo’lishi mumkin. Masalan, matematik modellash fizik jarayonlarning matematik
ifodalaridir. Matematik modellash ob’ektiv yaxlit tekshirish va tadqiq ko’lamini
o’rganish imkonini beradi. Kibernetik moslamalar, EHMlar shu usul asosida
vujudga kelgan.
Hozirgi ilmiy bilish jarayonida keng qo’llaniladigan usul — tizimlash
usulidir. Murakkab ob’ektlarni ilmiy bilishda bu usul qo’llaniladi. Tizimli usullash
o’z ichiga muayyan tarzda o’zaro bog’langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil
etadigan unsurlar majmuini o’rganishni oladi. Bu usul asosida o’rganilayotgan
yoki izlanayotgan ob’ektning boshqa ob’ekt bilan umumiy bog’lanishlari,
munosabatlari ochiladi. Har bir tadqiq ob’ekti va uni tashkil etuvchi unsurlar bir
butun tizim deb olinsa, shu tizimni tashkil etuvchi har bir usul bir-biri bilan
o’zining tutgan o’rni, vaqti va imkoniyatlariga ko’ra funktsional bog’langan. Bu
unsurlardan birining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib keladi.
Shuning uchun ham bu unsurlarni o’rganish tizimlash usuliga asoslanadi. Har bir
tizimni o’rganishda uni boshqa tizimlar bilan birgalikda olib qarash kerak. Lekin
bu tizimlarni birdaniga, bir vaqtda bilish mumkin emas, lekin ularni bilish, bir-
biridan ajratish, o’zaro bog’liqlikda olib qarash mumkin.
Ilmiy bilishning empirik darajasi uch bosqichdan iborat bo’lib, uning