Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   466
TATU Falsafa

299
 
birinchi bosqichida alohida-alohida o’rganilgan hodisalar haqida to’plangan 
bilimlar hosil bo’ladi. Uning ikkinchi bosqichida mazkur bilimlar umumlashtirilib 
hodisalarning o’rtasidagi aloqa va bog’lanishlar aniqlanadi. Nihoyat, empirik 
darajaning uchinchi bosqichida narsa va hodisalarga xos empirik qonunlar 
aniqlanadi. SHu bilan empirik daraja tugatiladi. Uning natijasida yig’ilgan 
ma’lumotlar bilishning nazariy darajasiga zamin, poydevor bo’lib xizmat qiladi. 
 
6.7.Ilmiy bilishning nazariy darajasi. 
 
Ilmiy bilishning nazariy darajasida ilgari to’plangan ma’lumotlar asosida 
olamdagi narsa va hodisalarning alohida shakllari emas, balki keng miqdordagi bir 
qancha hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi. 
Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig’indisidan tarkib 
topgan bo’lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va 
kontseptsiyalarda namoyon bo’ladi. Bunday bilimlar o’zining mazmun-mohiyati 
bilan falsafiy ahamiyatga ega bo’ladi. 
Bilishning nazariy darajasi bir qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan 
iborat: 1) nazariy bilimlar o’zining umumiyligi va mavhumiyligi bilan ajralib 
turadi; 2) nazariy bilimlar yaxlit va tizimli bilimlar hisoblanadi; 3) u falsafiy 
bilimlar bilan yaqinligi bilan tavsiflanadi; 4) empirik bilimlarga nisbatan 
mukammal bilimlar hisoblanib, hodisalarning mazmun-mohiyatini atroflicha va 
chuqur aks ettiradi. 
Nazariy bilimlarni hosil qilishda mavhum tafakkur katta rol o’ynaydi. 
Bilimning nazariy darajasida ilmiy tadqiqotning keng ma’noda qo’llaniladigan 
mavhumlik va aniqlik usullari mavjuddir.
Ani
q
lik 
usuli tadqiqot ob’ektining xossalari, aloqalari, munosabatlarining 
ko’p qirrali birligi sifatida nazariy umumlashtirish vositasi hisoblanadi. Bu usul 
aniq hodisalar haqidagi barcha aloqa va munosabatlarni o’z ichiga olgan voqelik 
haqidagi bilimni yuzaga chiqaradi. Aniq voqelikning mohiyati haqidagi bilish 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin