324 sivilizatsiya inson faoliyatining eng muhim to’rt turi: a) diniy; b) madaniy; v)
siyosiy; g) iqtisodiy-siyosiy tiplarda namoyon bo’ladi. Xuddi tirik organizmlarda
bo’lgani singari jamiyatning madaniy-tarixiy tiplari o’zaro bir-biri va tashqi muhit
bilan kurashadi va har bir tip to’rt bosqichni o’z boshidan kechiradi: tug’ilish,
kuchga to’lish, keksayish va halokat (degradatsiya). Olim madaniy-tarixiy
taraqqiyot qonunlari haqida fikr yuritadi.
Nemis olimi Osvald Shpengler (1890-1936 yy.) umuminsoniy madaniyat
yo’q, alohida, boshqalardan farq qiladigan madaniyat bor, deb hisoblaydi. U
insoniyat tarixida 8 madaniyat turi: Misr, Xind, Bobil, Xitoy, Yunon-Rim, Arab,
G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini ko’rsatgan. Har bir madaniy organizm
muayyan bir davr mobaynida mavjud bo’ladi (taxminan ming yil), so’ng
sivilizatsiyaga aylanadi va xalok bo’ladi. Madaniyatning har bir turi o’zining
chuqur mazmuniga ega va insoniyat tarixida muhim o’rin tutadi. Madaniyatlar
taqdiri, tili va qalbini anglay bilish tarixni anglashdir, deb hisoblaydi olim.
Ingliz olimi Arnold Toynbi (1889-1975 yy.) ijtimoiy taraqqiyotga
sivilizatsiyali yondoshuv vakillaridan biridir. Tarix, deb fikr yuritadi olim, alohida
o’ziga xos sivilizatsiyalar tarixidan iborat. Toynbi sivilizatsiyani dinamik
xarakterga ega, deb biladi. Har bir sivilizatsiya shakllanish, taraqqiyot, tanazzul,
yemirilish tarixiy bosqichlarini o’z boshidan kechiradi va o’z o’rnini yangi
sivilizatsiyaga bo’shatib beradi. Arnold Toynbi ijtimoiy taraqqiyotning
sabablaridan biri deb ma’naviy yuksalishni ko’rsatadi. Olim sivilizatsiyalar orasida
O’rta Osiyo sivilizatsiyasiga alohida o’rin ajratgan. U o’zining «Tarixni bilish»
asarida sivilizatsiyaning 13 tipini ajratib ko’rsatgan. Ijtimoiy taraqqiyot, tarixning
mohiyati muammosi XIX asr oxiri va XX asrda nemis faylasufi Karl Yaspers,
amerikalik olimlar Olvin Toffler va Frensis Fukuyama qarashlarida o’z ifodasini
topgan. Nemis faylasufi Karl Yaspers (1883-1969 yy.) 1949 yilda nashr etilgan
«Tarixning ma’nosi va vazifasi» asarida jamiyatning ob’ektiv qonunlari
mavjudligini inkor etadi. U ijtimoiy taraqqiyot haqida «Jahoniy vaqt o’qi»
g’oyasini ilgari suradi va jahon taraqqiyotining bir-biridan farqlanadigan to’rt