332
haqiga zarracha bo’lsada xiyonat qilmasliqdir. “Turkiston mulkining shayhul
mashoyixi” Xoja Ahmad Yassaviy e’tiqodicha, “haq yo’liga kirib bo’lmas pok
bo’lmasdan”, halol bilan haromni farqlash, faqat o’z mehnati evaziga tirikchilik
qilish, harom-harishdan jirkanish, haromxo’rlikni eng katta gunohi azim va
axloqsizlik deb hisoblash muhimdir. Xoja Ahmad Yassaviy ta’biricha, “nafs
yo’liga kirgan kishi rasvo bo’lur, yo’ldan ozib, toyib, to’zib, gumroh bo’lur. Yotsa,
tursa shayton bilan hamroh bo’lur...”.
Nafsga erk bergan kishi, Sharq musulmon falsafasida qayd etilishicha,
behisob azob-uqubat, kulfatlarga giriftor bo’ladi. Nafsga erk berib mol-dunyo
to’plashga berilib ketgan, o’zgalarni o’ylamaydigan, boshqalar tashvishi bilan
kuyib-yonmaydigan odam odamiyliqdan chiqadi, el-yurt e’tiboridan chetda qoladi.
Nafs hokim bo’lgan ko’ngillardan ruh, ma’naviyat chekinadi. Ko’ngil butunlay
nafs ixtiyoriga aylanadi. Bu ko’ngil hech kimga yaxshilik keltirmaydi. Barcha
razilliklar, zo’ravonliklar, barcha insofsizliklaru, makru-hiylalar va oqibatsizliklar
nafs tufaylidir, nafs bandasi bo’lib qolishning oqibatidir. Nafs — hiylakorlikning,
quvlikning, shaytonlikning, uchiga chiqqan makkorlikning asosidir.
Insonni ma’naviy-axloqiy jihatdan bezaydigan xalqimiz ma’naviyati,
ma’naviy hayoti shakllanishi va rivojlanishi tarixiga nazar solsak, uning zaminlari
nihoyatda mustahkam ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U o’zining chuqur ildiziga
ega. Uning ildizlari asrlar qa’riga borib taqaladi. Dunyodagi qadimiy
sivilizatsiyalardan biri bizning mintaqamizda, Turonimizda paydo bo’lgan.
“Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz, —
degan edi I.A.Karimov, — nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi
markazlaridan biri bo’lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk
tuproqdan buyuk allomalar, fozilu - fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar,
sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu
zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan
murakkab suv inshoatlari, shu kungacha qo’rku fayzini, mahobatini yo’qotmagan
asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik
|