331
insoniy munosabatlarga putur yeta boshlaydi.
Ma’naviy boyliklardan oqilona, har tomonlama foydalanishning ahamiyati
va bebaholigi uning turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qarindosh,
hamkor-hamjihat
qilishda,
ularning
taqdirini,
o’zaro hurmat asosini
yaqinlashtirishda ham yaqqol ko’rinadi. U inson hayotini go’zallashtiradi,
turmushiga mazmun - mohiyat bag’ishlaydi. Ma’naviy hayotda boy bo’lgan
insonning qalbi pok va beg’ubor bo’ladi.
Jahon falsafasining tarkibiy qismi bo’lgan Sharq falsafasida insonda ikki
qarama-qarshi asos, modda (jism) va ruh mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ana shu
ikki asos inson vujudida mutanosib bo’lishi, biri ustivorlik qilib, boshqasi orqasiga
ketmasligi kerak. Agar shu tartib buzilib moddiylik ruhiyatdan ustun kelib ruh jism
quliga aylanib unga xizmat qilgudek bo’lsa, unda inson amaliy faoliyatida salbiy
holatlar avj olib, ijobiy fazilatlar keyinga surilib tashlanadi. Aksincha ruhiy-
ma’naviy tomonlari taraqqiy etgan insonlarda aqlu-zakovat, insofu-diyonat, odobu-
axloq, ilmu-ma’rifat ustun bo’lib, mol-dunyoga berilish, qul bo’lish singari xato va
nuqsonlardan holi bo’ladi. Ruhiy, ma’naviy jihat insonni inson qiladigan, uning
hayotini go’zallashtiradigan fazilatlardandir.
Ma’nan, ruhan, axloqan kamol topgan inson nafsining quliga aylanib
qolmaydi, ta’magirlik qilmaydi, yeb-ichish, boylik to’plash, hayotning mazmunini,
yashashdan maqsad deb tushunmaydi. Bunday inson olam sir-asrorlaridan
xabardor bo’ladi, o’zi va o’zgalarni hurmat qiladi, qadrlaydi, o’zligini anglab
yetadi, milliy tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlarini yuksak darajada
e’zozlaydi, ular bilan faxrlanadi. Ruhiy-ma’naviy boylik insonni behad
go’zallashtiradi va ayni paytda uni yomon odatlardan qutqaradi, noto’g’ri yo’ldan
qaytarib, to’g’ri yo’lga boshlaydi, adolat uchun kurashish yo’lida kamarbasta
bo’lishga da’vat etadi.
Inson vujudi, amaliy faoliyatida ruhiy, ma’naviy tomonlar keyinga surib
tashlanib, be’mani hislar va nafsga berilish g’oliblik qilsa, unday inson nafs
tuzog’iga ilinadi. Ma’naviy fazilatlardan biri — halol, pokiza yashash, birovlarning
|