Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   466
TATU Falsafa

334
 
imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi hamda vatanparvarlikdan iborat. 
Mamlakatimizning mustaqillik boshlab bergan o’ziga xos, mos taraqqiyot 
yo’lidan buyuk kelajak sari tezkorlik bilan ilgarilab borishi uchun xalq madaniyati, 
ma’naviyati, ma’rifatini doimiy ravishda yuksaltirib bormoq, ma’naviy 
rivojlantirishga alohida e’tibor bermoq maqsadga muvofiqdir, chunki taraqqiyot 
taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. 
Ma’naviyat insonning hayot tajribasi, mehnati, bilimi, axloq va odobi, 
avlodlar tajribasi asosida shakllanib boradi. Ma’naviyat insonning hayoti va 
faoliyatiga maqsad va yo’nalish beradi. Ma’naviyat insonning o’z xalqi tarixini, 
uning madaniyati va vazifalarini chuqurroq bilish va tushunib yetishiga 
yordamlashadi. Inson ma’naviyatsiz yashay olmaydi. Ma’naviyat alohida bir inson 
uchungina emas, jamiki odamlar uchun ham, xalq, elat va millat uchun ham
jamiyat taraqqiyoti uchun ham o’ta zarur va muhimdir. Ma’naviyatsiz inson 
bo’lmaganidek, ma’naviy yetuk, axloqan pok va mukammal insonlarsiz jamiyat va 
millat ham bo’lmaydi. 
Ma’naviyat insonga xos bo’lgan ichki ruhiy holatgina emas, balki jamiyat, 
davlat, millat taraqqiyotining ham asosiy omillaridan biridir». “Ma’naviyat —
insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo’q joyda hech 
qachon baxt-saodat bo’lmaydi”
1

Inson ma’naviyati jamiyat, davlat va millat ma’naviyati bilan uzviy 
aloqadordir. Inson va jamiyat ma’naviyati mohiyat jihatidan yaqin bo’lib, bir-birini 
o’zaro boyitsa va to’ldirsada, lekin ular aynan teng emas. Inson ma’naviyati millat, 
davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismidir, xolos. Insonning ma’naviyati, 
shaxsning ma’naviy kamoloti jamiyatda mavjud bo’lgan ko’p qirrali munosabatlar, 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy imkoniyat va shart-sharoitlar asosida shakllanadi va 
amalga oshadi. Millat va mamlakatning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti inson 
ma’naviy kamolotiga asos bo’ladi. 
Ma’naviyat insonga suv va havodek zarur. “Sahrodagi sayyoh, - deb yozgan 

1
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T.:“O’zbekiston”, 1994.-9-bet.



Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin