Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   466
TATU Falsafa

326
 
materiallarni (ishlangan materiallarni ham); 3)mehnat predmetlariga ta’sir 
ko’rsatish uchun xizmat qiladigan mehnat vositalarini (ularning asosiy tarkibiy 
qismi ishlab chiqarish qurollaridir, ishlab chiqarish qurollari asboblar, mashinalar, 
avtomatlar va boshqalardan iborat).
Moddiy ishlab chiqarish usulining o’zi nimadan iborat? Ishlab chiqarish 
usuli moddiy boyliklarni ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar 
bilan ishlab chiqarish munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning, bu 
ikki muhim tomonning o’zaro aloqadorligisiz mehnat qilish ham, moddiy 
ne’matlarni yaratish ham mumkin emas. 
Moddiy boyliklar ishlab chiqarmoq uchun avvalo mehnat predmetlari va 
mehnat vositalariga ega bo’lmoq zarur. Inson mehnati qaratilgan buyumlar mehnat 
predmetlari deb ataladi. Mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonida muhim 
o’rin tutadi. Mehnat vositalariga, avvalo, ishlab chiqarish qurollari, mehnat 
predmetlariga ta’sir ko’rsatishda inson tomonidan foydalaniladigan mashinalar
asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari va boshqalar kiradi. Mehnat vositalari, 
ya’ni mehnat jarayonining moddiy elementlari ham bo’lib, ishlab chiqarish 
vositalarini tashkil qiladi. 
Barcha mehnat vositalari ichida ishlab chiqarish qurollari ishlab chiqarishni 
rivojlantirish uchun, demak, jamiyatni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega. 
Odamlar mehnat qurollarisiz ishlab chiqara olmaydilar. Inson ana shu qurollar 
yordami bilangina tirikchilik vositalarini hosil qiladi. 
Mehnat qurollari ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynasa ham, 
odamsiz bu qurollar yaratilmaydi, ishlatilmaydi. Har qanday mehnat quroli, inson 
amaliy faoliyati samarasidir. Inson mehnat qurollarining yaratuvchisigina emas, 
shu bilan birga undan foydalanuvchi, ularni doimiy ravishda takomillashtiruvchi 
hamdir. 
Ishlab chiqarish qurollarini yaratish va ularni ishlatish odamlarning 
faoliyatisiz bo’lmaydi. Demak, inson — ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng 
muhim bo’lagi, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchidir. Eng asosiy ishlab 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin