Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə329/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   466
TATU Falsafa

369
 
millatning birlashishi va jipslashishiga tayanch bo’lib xizmat qildi, millatning 
ravnaq topishiga, milliy tuyg’uning uyg’onishiga yordam berdi, uning madaniyati 
yuksalishida mislsiz ahamiyat kasb etdi. Bu davrda turk xalqlari tarixiga doir 
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai 
sa’dayn va majmai bahrayn”, Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratush shuaro”, 
Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” 
kabi mashhur asarlari yozildi, Mirzo Ulug’bekning astronomiya maktabi ish olib 
bordi va “Ziji jadidi Ko’ragoniy” kabi asarlari dunyoga keldi. 
Amir Temur va temuriylar davrida poytaxt shahar Samarqandning shon-
shuhrati dunyoga yoyildi, kurrai zaminning sayqali deb baholandi. «Aflotunlar 
chog’inda Afina, Rumo saltanatida, Abbosiylar davrida Bag’dod qancha taraqqiy 
qilgan bo’lsa, — deb yozgan Fitrat, — Temur va Ulug’beklar zamonida 
Samarqand shuncha taraqqiy qilgan edi». Amir Temurning boshqa mamlakatlarga 
qilgan yurishlari haqida og’iz ko’pirtirib gapiradilar-u, lekin uning To’xtamish 
hukmronligiga — Oltin O’rta davlatiga qaqshatqich zarba berish bilan Rossiyaning 
mo’g’ullar asoratidan ozod bo’lishini tezlashtirganini yoki 1402 yili Turkiya 
sultoni Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim orolidagi xalqlarni 
Usmonli turklar istibdodidan qutqarib qolganini hisobga olmadilar. 
O’zbek adiblarining tarixiy mavzudagi asarlariga dushmanlik ko’zi bilan 
qaraldi. Fitratning «Hind ixtilofchilari», «Abulfayzxon», «Temur sag’anasi», «Abo 
Muslim», Cho’lponning «kecha va kunduz», Abdulla Qodiriyning «O’tgan 
kunlar», «Mehrobdan chayon», Oybekning «Navoiy», Maqsud Shayxzodaning 
«Jaloliddin Manguberdi», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar 
dovoni» kabi asarlariga «millatchining» tamg’asi yopishtirildi. Suyukli 
shoirlarimiz Erkin Vohidov bilan Abdulla Oripov o’zbeklar va O’zbekiston haqida 
she’r yozganliklari uchun boshlariga ne-ne tashvishlar tushganligi hali yodimizdan 
ko’tarilgan emas. Akademik Ibrohim Mo’minov «Amir Temurning O’rta Osiyo 
tarixida tutgan o’rni» risolasi uchun badnom etildi. 
Natijada nafaqat Amir Temur tarixi, balki O’rta Osiyoning XV—XVI 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin