Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə328/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   466
TATU Falsafa

368
 
arziydi. U jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga shu qadar ko’p hissa qo’shganki, 
buni dunyo allaqachon tan olgan. Movarounnahr xalqlari dunyoga Abu Nasr 
Forobiy, Muhammad Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al 
Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur singari allomalarni yetishtirib 
bergan. Ahmad Yassaviy, Ismoil Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Termiziy, Xo’ja 
Axror kabi ulamolar xalqimiz g’ururidir. 
O’zining yuksak madaniyati, buyuk allomalari, dovyurak sarkardalari bilan 
dunyoga ma’lum va mashhur bo’lgan Turkiston xalqlarining, jumladan 
o’zbeklarning tarixi mustabid tuzum davrida haddan tashqari soxtalashtirildi. 
Uzoqqa bormasdan, Amir Temur bobomizga bo’lgan munosabatni, 
temuriylar davriga berilgan soxta, g’ayri-ilmiy baho nimadan iboratligini olib 
ko’raylik. Ming afsuski, o’tmishda Amir Temurga nisbatan “qonxo’r”,- “jallod”, 
“bosqinchi”, “el-yurtni talagan” deya jar solindi. Ulug’ bobomiz shaxsi va 
faoliyatiga berilgan bunday “ilmiy baholar” kitoblardan-kitoblarga ko’chaverdi. 
Hatto shunday “mukammal” ilmiy, badiiy, falsafiy-tarixiy asarlarga katta-katta 
mukofotlar ham berildi.
Amir Temur yovuzlikda Napoleon va Gitlerga tenglashtirildi. Uning 
Yevropa va Osiyo xalqlari, butun dunyo oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari haqida 
lom-lim deyilmadi. Amir Temur shaxsiga baho berilganda tirnoq ostidan kir 
qidirib, faqat salbiy tomonlarini ko’rishdi. Holbuki, O’rta Osiyoning mo’g’ullar 
zulmidan ozod qilinishi va qaytadan markazlashtirilishi, o’zaro feodal urushlarning 
tugatilishi, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’atning, hunarmandchilik, savdo-
sotiq, 
ziroatchilikning 
gullab-yashnashi, 
Samarqand, 
Buxoro, 
Toshkent, 
Shaxrisabzda, umuman Movarounnahrda, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, 
Arabistonda qanchadan-qancha binolar, qasrlar, masjid-madrasalar, hashamatli 
me’morchilik obidalari qurilishi, ajoyib bog’lar, rastalar, suv inshootlarining 
tashkil etilishi, savdo yo’llarining ochilishi amir Temur va temuriylar nomi bilan 
bog’liq. 
Jahongir Amir Temur barpo etgan qudratli markazlashgan davlat turkiy 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin