364 Madaniy yuksalish mezonlari xilma-xil bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga
qamrab oladi: jamiyat taraqqiyotida yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning ko’lami
va miqdori, ularning tarqatilish darajasi, insonlar tomonidan o’zlashtirilishi;
ma’naviy madaniyatning barcha turlarining bir tekis taraqqiy etishi; madaniy
qadriyatlardan bahramand bo’lishda barcha kishilarning ishtirok etishi; madaniyat
durdonalarini yaratishda aholining barcha qatlamlarining keng va ongli ravishda
ishtirok etishi; kishilarning madaniy yuksalishga o’z hissalarini qo’shish uchun
jamiyatda barcha imkoniyatlarning mavjudligi.
O’zbek xalqi jahon madaniyatining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan,
o’zining ko’p asrlik boy va rang-barang madaniyatiga egadir. Mustaqilligimizning
dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib
kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat
siyosati darajasiga ko’tarildi.
Davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin o’tgan qisqa tarixiy muddat ichida
mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan juda katta
o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Mustaqillik xalqimiz madaniy-ma’naviy
taraqqiyotiga ham keng yo’l ochib berdi, toptalgan, kamsitilgan milliy g’ururimiz,
insoniy sha’nimiz, milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizga qayta hayot
bag’ishladi. Mustaqillikka o’tish jarayonida birinchi navbatda odamlarning
dunyoqarashi o’zgardi, g’urur, oriyat, sha’n va nomus tuyg’ulari kuchaydi,
hayotga, mehnatga, Vatanga, el-yurtga munosabat o’zgacha tus oldi, milliy-
ma’naviy muhit sog’lomlashdi, milliy o’zligini anglash kuchaydi. Bir vaqtda
sun’iy ravishda kamsitilgan sharqona urf-odatlar va an’analar yana odamlar
hayotidan o’rin ola boshladi, o’zbekona mehr-oqibat, hurmat-izzat, mehr-
muruvvat, o’zgalar dardiga hamdardlik qilish singari olijanob fazilatlar qayta
tiklana boshladi, avlod-ajdodlarimiz merosiga egalik qilish hissi kuchaydi.
Boshqacha aytganda, madaniy-ma’naviy hayotimizda uyg’onish yuz berdi.
Xalqning boyligi, aql-idroki va tafakkuri, tarixi va madaniyati uning tilida,
yozma va og’zaki adabiyotida o’z ifodasini topadi. Ana shu ma’noda olganda, til