Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   466
TATU Falsafa

361
 
falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishida katta o’rin tutadi. SHu bilan birga u 
tarixning haqiqiy ijodkori sifatida jamiyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyotiga 
keng imkoniyatlar ochib berdi. Uning, umuman madaniyat, xususan, badiiy 
adabiyot sohasidagi xizmatlari ham bebahodir. Doston va ertaklarning, maqol va 
matallarning, qahramonlar haqidagi rivoyat va afsonalarning yaratuvchisi ham, 
avaylab-asrovchisi ham uning o’zidir. 
O’zbeklar o’zining insonni lol qoldiradigan ajoyib amaliy san’ati, yuksak 
badiiy did va mahorat asosida ishlangan hunarmandchilik buyumlari bilan qadim 
zamonlardan boshlab hozirgacha ham dunyo xalqlari o’rtasida shon-shuxrat 
qozonib kelmoqda. Hunarmandchilik san’ati bizning xalqimiz avlod-ajdodlari 
tomonidan saqlanib kelayotgan meros, bebaho qadriyatdir. 
O’zbek xalqi amaliy san’ati, hunarmandchilik ildizlari uzoq o’tmishga borib 
tutashadi. O’zbek xalq hunarmandchiligi tarixiga hozirgi zamon nigohi bilan nazar 
tashlaydigan bo’lsak, manbalar, o’tmishdan saqlanib qolgan yodgorlik va obidalar 
eramizdan avvalgi minginchi yillarda yaratilgan san’at durdonalari haqida dalolat 
beradi. 
O’zbekiston hududida bo’lgan Shosh, Marokand, Urganch, Buxoro, 
Shahrisabz shaharlarining qadimgi o’rnida olib borilgan qazilma tadqiqotlar ota-
bobolarimiz yaratgan hunarmandchilikning o’lmas obidalarini kashf etdi, yozma 
manbalar qadimiy O’rta Osiyo aholisining konlarda ishlaganini, mis va temirdan 
turli xil harbiy va mehnat qurollari yasaganliklarini, tikuvchilik, binokorlik, 
zargarlik va boshqa ishlar bilan shug’ullanganliklarini ko’rsatadi. 
Avlod-ajdodlarimiz o’tmish davrlardan boshlab naqqoshlik, o’ymakorlik, 
tikuvchilik, 
zargarlik, 
zardo’zlik, gilamdo’zlik, misgarlik, sangtaroshlik, 
kulolchilik, musiqa asboblarini yasash va boshqa sohalarda katta mahorat 
ko’rsatganlar. Ular nozik va go’zal, jahonda tengi yo’q naqsh ustasi bo’lganlar, 
faqat yog’ochga emas, shuningdek, marmar toshga, metallga o’ta nozik va go’zal 
naqsh solishlari, gilam va matolarga rang-barang gullar to’qishlariga qarab ota-
bobolarimiz, momolarimizning mahoratlari va didlariga qoyil qolamiz. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin