358
Aqlga ishlov berish, ma’naviy, ruhiy takomillashish, erk insonning haqiqiy
ifodasidir.
Keyinchalik madaniyat tushunchasi bilimdon, ma’rifatli, yuksak tarbiyali
insonlarni ta’riflashda ham ishlatila boshlanadi.
Madaniyat
qo’pqirrali va sermazmun tushuncha bo’lib, u jamiyat taraqqiyoti
davomida insonlarning faoliyati tufayli qo’lga kiritilgan barcha moddiy va
ma’naviy yutuqlarning majmuidir. Moddiy madaniyat deganda inson faoliyati
tufayli yaratilgan «ikkinchi tabiat», ya’ni ishlab chiqarish vositalari, mehnat
qurollarini, mehnat ko’nikmalarini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida
yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni nazarda
tutish lozim. Ma’naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo’lib, u ijtimoiy
ongning barcha shakllari, ya’ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy
qarashlar, maorif, ta’lim-tarbiya, maktab, o’rta va oliy ta’lim, fan, madaniyat
muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san’at, xalq ma’naviy ijodiyotining
barcha turlarini o’z ichiga qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biri
bilan uzviy bog’langan bo’lib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Inson amaliy
faoliyatining har qanday turida ayni bir vaqtning o’zida uning ham aqliy, ham
jismoniy mehnati ob’ektiv ravishda ishtirok etadi.
Insonning amaliy faoliyatida, moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida
moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birlashadi. Bironta ham mehnat
qurolini, moddiy boylikning bironta ham turini inson aql-idroki va tafakkurisiz,
aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo’lmaydi. Inson amaliy faoliyatining
har qanday turida ayni bir vaqtning o’zida uning ham aqliy, ham jismoniy mehnati
ob’ektiv ravishda ishtirok etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish kishilar ma’naviy
hayotining negizidir. Inson miyasida hech qanday fikr, hech qanday qarash va
tushuncha o’z-o’zidan tug’ilmaydi va rivojlanmaydi, balki ularning hammasi
moddiy sharoitlar, tabiiy omillar, tashqi ta’sirlar bilan uzviy bog’langan va
jamiyatdagi moddiy jarayonning mahsuli sifatida vujudga kelgandir.
Madaniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng
|