Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə326/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   466
TATU Falsafa

366
 
tomonlama kamoloti uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishdir. Bu esa avvalo, 
hozirgi zamon fani, texnikasi va madaniyatining hamma yutuqlarini egallashni 
taqozo etadi. Bu vazifani hal etishda faqat ona tilining o’zini bilish kifoya 
qilmaydi. Dunyodagi boshqa xalqlar va millatlarning tillarini bilish har bir 
shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun, jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy 
taraqqiyoti uchun zarur omilga aylanib bormokda. 
Boshqa tillarni bilish har bir ma’lumotli kishining burchidir. Har bir til 
millatning tarixini, ma’naviy boyliklarini, ijtimoiy hayoti, madaniyati va ruhiyatini 
yanada chuqurroq egallab olish uchun xizmat qiladigan oltin kalitdir. Til bilgan 
taqdirdagina millatning ruhini, uning qadr-qimmatini tushunish va baholash 
mumkin. Kimki boshqa millat va xalq tilini bilsa, u shu xalqning dilini ham 
anglaydi. Xalq o’rtasidagi birlik, axillik, mehr-oqibat va hurmat uning tili va 
madaniyatini bilishdan boshlanadi. 
Ko’p tilni bilish o’zini madaniy kishi deb hisoblashni orzu qiladigan har bir 
inson uchun farzdir. Ingliz, arab, nemis, frantsuz, italyan yoki boshqa tillarni bilish 
dunyo madaniyati xazinasiga yo’l ochadi. Shu tillarni bilmaslik ilg’or fan, 
texnikani, xalqlar madaniyatini o’rganishda ancha mushkullik tug’diradi. 
O’zbekistonda hozirgi paytda yoshlar maktablar va oliy o’quv yurtlarida rus, 
ingliz, frantsuz, nemis, ispan tillari bilan bir qatorda bizga qadimdan madaniyati, 
dini, tarixi va urf-odatlari yaqin bo’lgan Sharq xalqlari tillarini ham katta qiziqish 
bilan o’rganmoqdalar. Arab, fors, hind tillarini bilish Eron, Afg’oniston, Pokiston, 
Hindiston, Xitoy singari dunyoning bir necha milliard aholisi yashaydigan 
mamlakatlar bilan munosabatimizni yaqinlashtirish va yaxshilashga sabab bo’ladi. 
Jahon fani va madaniyatining bebaho xazinalaridan bahramand bo’lish 
o’zbek xalqi tili va madaniyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni 
umuminsoniy qadriyatlar negizida kuchaytirishda beqiyos o’rin tutadi. Bularning 
hammasi O’zbekiston davlat mustaqilligining iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy 
asoslarini mustahkamlashda o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. 
O’zbekistonda istiqomat qilayotgan boshqa millat va elat vakillari davlat 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin