360 yashashi va taraqqiy etishi uchun moddiy va ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi.
O’tmishda qo’lga kiritilgan tajribani egallamay va ijodiy o’zgartirmay turib, olg’a
tomon rivojlanib bo’lmaydi. Har bir avlod ilgarigiga qarab qilgan harakatida
o’zidan oldingi barcha avlodning yo’lini davom ettiradi.
Yangi avlod oldingi avlodlardan qolgan tajribaga o’zining xususiy tajribasini
qo’shadi. Jahon tarixi shu yo’sinda barpo qilinadi. Bunga insoniyatning quldorlik
davrida yaratgan madaniy boyliklari misol bo’la oladi. Qadimgi yunon madaniyati
Gomer va Gerodot, Demokrit va Sofokl, Aflotun va Arastu singari
mutafakkirlarining tarix va falsafa, adabiyot va san’at, astronomiya va matematika,
me’morchilik va haykaltaroshlik kabi ilm-fan va madaniyatning turli sohalariga
doir asarlari insoniyatning eng katta madaniy boyligidir. Ular o’z ahamiyatini aslo
yo’qotmaydi. Qadimgi yunon adabiyoti, san’ati va eposi hozir ham kishilarga
badiiy zavq beradi va ma’lum jihatdan eng yuksak namuna bo’lib xizmat qiladi.
O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadimiy bo’lib, uning tarixi bir
necha ming yillarni o’z ichiga oladi. Xalqimiz madaniyati ham jahon madaniyati
bilan baqamti, yonma-yon yuzaga kelgan va rivojlangan. Har bir xalq madaniyati,
o’z mamlakati doirasidagina, tor milliy biqiqlikda emas, balki boshqa xalqlar
madaniyati bilan o’zaro aloqadorlikda, o’zaro bog’liqliqda, o’zaro ta’sir va aks
etish asosida rivojlanadi.
Tarixdan ma’lumki, qadimgi dunyo hamda Rim davri madaniyati, jahondagi
boshqa madaniyatlarga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. O’z navbatida O’rta
Osiyo xalqlari ham boshqa xalqlar madaniyatining yuksalishiga, umumjahon
madaniyati
taraqqiyotiga
o’zining faol ta’sirini ko’rsatadi. O’rta asr
madaniyatining buyuk namoyondalari Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn
Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa allomalar
ta’limotlari jahon madaniyatining ajralmas qismi ekanligi bunga misol bo’ladi.
O’zbek xalqi jahon moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratish va
rivojlantirishda ulkan hissa qo’shgan xalqdir. U o’zining tafakkuri, qobiliyati va
iste’dodi bilan O’rta Osiyo fan va madaniyatini, adabiyot va san’atini, axloq-odobi,