409 o’ynaydi. Insonning ongi ma’lum bir maqsadga qaratilgan jarayondir. Inson tashqi
olamga bog’liq. bo’lib, tashqi olam insonning butun faoliyatini belgilaydi, biroq u
insonni qanoatlantirmaydi. Shuning uchun inson o’z amaliy faoliyati bilan tashqi
olamni o’zgartirishga harakat qiladi, voqelikning rivojlanish qonuniyatlarini bilishga
intiladi. Ongning faol roli shundaki, u ob’ektiv dunyo qonuniyatlarini aks ettiradi,
anglaydi, ularni bilib oladi hamda ulardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanadi. Inson
ma’lum bir maqsadni ko’zlab tabiatga ta’sir etar ekan, uni o’z manfaatlari yo’lida
o’zgartiradi. Inson tabiat sirlarini tobora chuqurroq anglaydi va uning qonunlarini
bilib boradi. Ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va takomillashuvi bilan, insoniyat
bilimlari o’sishi bilan odamning tabiatga ta’siri kuchaya boradi. Kishilarning
mehnati bilan bunyod etiladigan moddiy va madaniy boyliklar ko’payadi. Kishilar
tabiat va ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini qancha chuqur va mukammal bilib olsalar,
ularning amaliy faoliyati shuncha samarali bo’ladi.
8.3. Yuksak ong — inson bunyodkorlik faoliyatining omili Jamiyat taraqqiyoti quyi bosqichdan yuqori bosqichga, o’tmishdan kelajakka
tomon rivojlanib borgani sari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy taraqqiyotda xalq
ommasining roli, g’ayrati, uyushqokligi ortib va chuqurlashib, inson amaliy faoliyati
jadallashib boradi. Bu — umuminsoniyatga xos qonuniyatdir.
Tarixiy maqsadlar ko’lami keng, inson shaxsi barkamol bo’lsa, u vijdonan
mehnat qilsa, ijtimoiy-siyosiy ishlarda faol ishtirok etsa, jamiyatimiz shu qadar tez
rivojlanadi va mustahkamlanadi. Insonning ijodiy tashabbusi, jonli ijodiyoti
jamiyatimizning kuchi va hayotiyligining eng muhim manbaidir.
Har bir jamiyat o’ziga munosib bo’lgan inson shaxsini yuzaga keltirganidek
inson ham shu jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishiga befarq qaramaydi. Shaxs
ayni paytda atrof muhitga ta’sir ko’rsatish, uni o’zgartirish qobiliyatiga ham ega.
Uning jamiyatga ta’siri maqsadsiz, rejasiz, ko’r-ko’rona faoliyat orqali amalga
oshmaydi. Inson jamiyat qonunlarini, o’z hayoti sharoitlarini bilib olgan, ma’lum