405 bo’lmasa, fikrlash ham bo’lmaydi, nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo’lmasa nutq,
tilning ham bo’lishi mumkin emas. Til va tafakkur bir-birisiz mavjud bo’lmasa ham,
biroq, ular aynan bir xil narsa emas. Tafakkur — ob’ektiv reallikning in’ikosidir, til
esa fikrni ifoda etish quroli, uni qayd qilish va boshqa kishilarga yetkazish,
bildirish vositasidir. Til faqat tafakkurning ifodasi emas, balki uning tayanchi va
taraqqiyot quroli hamdir. Kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va kashf etilgan
barcha narsalar, hodisalar, tushunchalarni o’zida aks ettiruvchi til buyuk
umumlashtiruvchilik rolini bajaradi.
Jamiyatning taraqqiy etishi bilan tafakkur singari til ham taraqqiy etib boradi.
Til ham ong kabi qadimiydir. Til — amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham
mavjud bo’lgan va xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lgan ongdir,
binobarin, til ong singari boshqa kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji tufayli,
muomala qilish zarurligi tufayli paydo bo’ldi.
Hayvonlarda esa nutq yo’q, boshqacha aytganda, hayvonlar gapirmaydi.
Ularning hayot sharoiti shundayki, natijada ularda so’zlashishga zarurat va
imkoniyat yo’q. Hayvonlarning aloqa qilish vositasi har xil signallar berish bo’lib
xizmat qiladi. Bu signallar tovush chiqarib yoki imo-ishora bilan beriladi.
Maymunlarda bu hol ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Ammo «signal berish sistemalariga»
nutq boshlang’ichlarining vujudga kelishi uchun yagona shart-sharoit deb qarash
kerak. Nutq — aloqa qilishning sifat jihatdan yangi vositasi bo’lib, faqat odamga
xosdir.
Til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish vositasi va fikrning bevosita
ifodasidir. Kishilar fikr almashmaganida umuman zarur moddiy boyliklarni ishlab
chiqara olmagan, tabiat kuchlariga qarshi birgalikda kurasha olmagan bo’lar edi.
Fikr ayirboshlash esa, faqat til yordamida amalga oshiriladi. Til tafakkurning borliq
shakli, tafakkur esa tilning mazmunidir.
Demak, tafakkur va ong inson miyasining mahsulidir. Ongni, tafakkurni
fikrlash organi bo’lgan miyadan ajratib bo’lmaydi. Ammo bu munosabatga asoslanib
ongni moddiy deb hisoblash mumkin emas. Ongni moddiy deb hisoblash, tafakkurni