Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə376/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   466
TATU Falsafa

421
 
Kant o’z diqqatini inson faoliyatini, uning qobiliyatlarini, malakalarini o’rganishga 
qaratdi. Inson kamoloti masalasi Vilgelm Gegel (1770-1831 yy.) falsafasining 
diqqat markazida bo’ldi. Uning fikricha, inson – dunyoviy ruhning 
begonalashuvidan o’zga narsa emas. Gegel insonning shakllanishi jarayonini 
ruhning chuqurlashishidan iborat, degan fikrni ilgari suradi. Inson muammosi 
Lyudvig Feyerbax (1704-1782 yy.) falsafiy qarashlarida alohida o’rin tutadi. 
Feyerbax uchun inson – eng avvalo moddiy ob’ekt. Insonni xudo yaratgan emas
inson xudoni yaratgan. Feyerbax inson fazilatlarining shakllanishida biologik 
omillarning tutgan o’rnini mutloqlashtirdi. Feyerbax jamiyatdagi barcha odamlar 
borlig’ining eng muhim elementi vazifasini muhabbat bajaradi, degan g’oyani 
ilgari surdi. 
XIX asrning 40-50 yillaridan boshlab klassik falsafaga qarama-qarshi 
noklassik falsafa shakllana boshladi. Bu falsafa ekzistentsializm, personalizm, 
neopozitivizm, pragmatizm, kosmizm falsafiy oqimlarida o’z ifodasini topdi. 
Ekzistentsializm falsafiy oqimi shular jumlasidandir. Daniyalik faylasuf 
Kerkegor (1813-1855 yy.) insonni tahlil qilish maqsadida «ekzistentsiya» 
tushunchasini kiritdi. Insonni, uning ichki dunyosini bilishga ilmiy metodni qo’llab 
bo’lmaydi. Yashash bu – «ichki dunyo». Yashash – ichki dunyo insonning 
betakrorligini ko’rsatadi. Yashash deganda Kerkegor mavjudlik tomon borishni 
tushunadi va uni uch bosqichdan iborat, deb biladi: 
Birinchi – estetik bosqich. 
Ikkinchi – axloqiy bosqich. 
Uchinchi – diniy ekzistentsiya. 
Birinchi bosqich zaminida yashash, huzur-halovatga qiziqish, inson 
extiyojini qondirish yotadi. Bunda yashash yo’lini tanlash eng oddiy shaklda 
bo’ladi, chunki ob’ekt inson his-tuyg’ularini qondirish asosida tanlanadi. Ikkinchi, 
axloqiy bosqichda inson o’zini-o’zi anglaydi, o’z ma’suliyatini his qiladi. 
Yashashning haqiqiy ma’nosini inson uchinchi – diniy bosqichda his qila 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin