423 va dahshatlardan saqlab qoladi. Demak, o’z ekzistentsiyasini topgan kishining
qiyinchilikni matonat bilan yengishiga jasorati yetadi.
Hozirgi zamon fani ma’lumotlariga qaraganda, odam deb ataluvchi yagona
biologik turga mansub tirik mavjudotning insonga aylanishi uzoq davom etgan
evolyutsion jarayondir. Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, bu jarayon 3-3,5 mln yil
davom etgan. Insonning faoliyati, turmush tarzi zamonlar o’tishi bilan o’zgarib
borgan. Shu o’zgarishlarning turli-tumanligi insonlarning bir-biridan farq qilishi
uchun asos vazifasini bajargan. Faoliyatning, turmush tarzining turli tumanligi
insonlarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi belgisi hisoblangan.
Insonning olamdagi boshqa mavjudotlardan farq qiluvchi muhim
xususiyatlari nimalardan iborat? Insonning hayoti, faoliyati, uning irsiy-genetik
xususiyatlari tabiiy-ijtimoiy muhit ta’siriga bog’liqmi? kabi savollarga olimlar
hamisha javob izlaganlar. Xo’sh, insonning olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan
farqini ko’rsatuvchi eng muhim xususiyatlar nimalardan iborat?
Birinchidan, inson olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan xotirasi, tafakkuri,
tili borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til inson avlodlari va ajdodlari orasidagi
aloqada vorislik vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan, insonning insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat –
madaniyat. Insonning o’z faoliyatini tartibga solishi, yo’naltirishi – madaniyat.
Ma’lum bir jamiyatga birlashib yashashi – madaniyat. Uning faoliyatini ma’lum
bir maqsadga yo’naltiruvchi omil – madaniyat.
Uchinchidan, insonning hayvonan farq qiladigan eng muhim xususiyati -
o’zining yashashi, turmushi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni
ishlab chiqarish malakasiga ega bo’lishi.
Fan nuqtai nazaridan insonga nisbatan «inson eng aqlli mavjudot», «inson
o’zini o’zi anglovchi mavjudot», «inson-ma’naviy mavjudot» degan fikrlar
ishlatiladi.
Odamning
insonga
aylanishi
va
jamiyatga
birlashishi
antroposotsiogenez jarayonining natijasidir. Antropogenez jarayonida mehnat
asosiy rol o’ynaydi. Mehnat tufayli inson o’zi yashayotgan tabiiy muhitni