Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   466
TATU Falsafa

455
 
9.5. Mintaqamizdagi ekologik vaziyat 
 
Insoniyat o’zining faoliyati tufayli ishlab chiqarish vositalarini taraqqiy 
ettirish bilan bir qatorda ekologik vaziyatni nihoyatda keskinlashtirib yubordi. 
Natijada ekologik inqiroz vujudga keldi. Havo va ichimlik suvlarining sanoat 
chiqindilari bilan ifloslanishi, o’rmonlarning yo’qolib ketishi natijasida 
tuproqning eroziyaga uchrashi, hayvonot dunyosining kamayib ketishi, tabiat 
hodisalari o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, turli xom ashyolarning keskin 
kamayib ketishi kabilar ekologik inqirozning yaqqol ko’rinishidir. 
Ekologik vaziyatning nihoyatda keskinlashib ketganini O’rta Osiyo 
mintaqasi misolida ham ko’rishimiz mumkin. 
Hozirgi vaqtda O’rta Osiyodagi eng katta suv havzasi Orol dengizining 
taqdiri ko’pchilikni tashvishga solmoqda. Insoniyat tarixi haligacha chorak asr 
davomida bir avlod ko’z o’ngida havzasi 6 million gektardan ziyod va chuqurligi 
69 metrgacha bo’lgan dengizning yer yuzasidan g’oyib bo’lib ketganligini bilgan 
emas edi. Bugungi kunda Orol dengizi qariyb yarmigacha qurib bo’ldi. Suvi qurib 
qolgan joylarda, ikki million gektarga yaqin qum va tuzdan iborat sahrolar paydo 
bo’ldi. 
Orol muammosi faqat O’zbekistonga yoki O’rta Osiyodagi mamlakatlarga 
taalluqli mintaqaviy muammo bo’lib qolmay, umumbashariy muammo hamdir. 
Orol bo’yidagi ekologik vaziyat keyingi vaqtlarda shu qadar keskinlashib, fojiali 
tus olib ketdiki, undan nafaqat O’rta Osiyo xalqlari, balki butun kurraizamin 
birin-ketin zarar ko’rmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 20 
sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida ishtirok etib, mazkur 
sammitda Orol fojeasi aks ettirilgan xaritani namoyish etdi. Unga ko’ra, Orol 
dengizi hajmi 13 martaga qisqardi; - maydoni 7 martaga qisqardi; - suv sathi 26 
metrga pasaydi; 

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin