463 asosda emas, balki aqidaparastlarcha munosabatda bo’lish tufayli ko’riladigan
moddiy, ma’naviy-ruhiy zarar va boshqa ovorayu-sarsongarchilikka Markazdagi
rahbarlar ahamiyat bermaganlar. Ularning — yagona maqsadi qardosh
respublikalar xalqlari o’zaro yaqinlashib, birlashib ketmasalar bo’lgani edi.
O’tgan asrning 70 yili davomida o’tkazilgan tobelik siyosatining oqibati
sifatida O’rta Osiyoning mustaqillikka erishgan respublikalari va xalqlari oldida
o’tmishda yuzaga kelgan qator muammolar ko’ndalang bo’lib turgandi. Bularni
davlatlararo va millatlararo munosabatlarning juda ko’plab masalalarida ko’rish
mumkin.
Ota-bobolarimiz minglab yillar mobaynida bir-birlari bilan yaqin qo’shni
bo’lib yashab, paxta, g’alla, ipak, go’sht, neft, ko’mir, mis, oltin, kumush va
boshqa boyliklar yaratgan, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirib kelgan
bo’lsalarda, lekin ma’muriy-buyruqbozlik yillarida ana shu masalalarda ham og’ir
qiyinchiliklar va qator muammolar yuzaga kelib, keskinlashib ketgan edi.
Mamlakatimizdagi mustaqil respublikalarning tarixan o’zaro chambarchas
bog’langan va bir-biriga ta’sir o’tkazib kelgan madaniy, ma’naviy, xo’jalik
aloqalarini saqlab qolish va mustahkamlashni, yaxlit energetika, transport,
irrigatsiya tarmoqlaridan, gaz va suv ta’minoti tizimidan birgalikda foydalanishni
yo’lga qo’yish va yaxshilashni hozirgi paytda davrning o’zi talab qilmoqda.
Mineral xom ashyo resurslarini va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
sohasida tarkib topgan ichki, mintaqaviy, respublikalararo munosabatlar haqida
ham shunday deyish mumkin.
O’zbeklar, qozoq va qirg’izlar va boshqa turkiy xalqlar o’rtasida azaliy
do’stlik va qardoshlikning, iqtisodiy, madaniy-siyosiy aloqadorlikning yo’lga
qo’yilganligi, yangi bosqichga kirganligi mustaqillikning buyuk samarasidir.
Prezidentlar va hukumat boshliqlarining uchrashuvlarida O’rta Osiyo xalqlari
hayotiga oid ko’pgina iqtisodiy, madaniy-siyosiy muammolar muhokama qilinib,
ularni hal qilish yo’llari, moliyaviy asoslari belgilab olinganligi va hozirdanoq
ularning amaliy natijalari sezilayotganligi diqqatga sazovordir.