462
Ayni paytda barcha xalqlar uchun munosib, chinakam insoniy turmushning
moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarini yaratish, sayyoramizdagi hayotni
ta’minlash, uning boyliklariga, avvalo eng katta boylik — insonning o’ziga, uning
imkoniyatlariga avaylab munosabatda bo’lish — davrimizning dolzarb
muammolariga aylanib qolganligi bejiz emas.
Inson taqdirining butun insoniyat istiqboli bilan mushtarak ekanligi xalqimiz
ongiga singib ketgan. Shuning uchun ham ular mintaqamizdagi qo’shni
mamlakatlar bilan bir qatorda jahon xalqlari bilan ham yaxshi qo’shnichilik va
o’zaro hurmat-izzatda bo’lishiga doimo intilib kelganlar.
O’zbeklar azal-azaldan ko’hna Turkiston zaminida qozoqlar, tojiklar,
turkmanlar, qirg’izlar bilan yelkama-yelka, bir tanu bir jon, aka-uka, do’st-birodar,
qon-qarindosh bo’lib yashamoqda. O’lkamizdagi moddiy va ma’naviy madaniyatni
yaratish va rivojlantirishga ular o’z hissalarini qo’shganlar, mustamlakachilik
zulmi va istibdodiga qarshi hamkorlikda kurashganlar. Hamkorlikda yashash,
hamkorliqda mehnat va ijod qilish, hamkorlikda kurashish, bir-birini qo’llab-
quvvatlash, yaxshi kunlarda ham, og’ir paytlarda ham birga bo’lish ularning
hammasiga xos umumiy fazilatdir. Bu — ularga avlodlar merosi, tarixan xos
xususiyatdir. Buni umumiy chegaralargina emas, til va urf-odatlar, an’analarning
yaqinligi, dini va dilining birligi, madaniyati va turmush tarzining, maishiy hayoti
va ishlab chiqarish faoliyatlarining deyarli bir xil ekanligi belgilab beradi.
Bir necha ming yillardan beri yagona bir hududda o’zaro do’stlik va
hamkorlikda yashab kelgan o’zbek, tojik, qozoq va qirg’izlar sobiq sho’ro tuzumi
davrida bir-birlaridan deyarli ajratib tashlangan, iqtisodiy, madaniy, siyosiy
aloqalari uzilib qo’yilgan edi. Shuning uchun ham ular o’zaro uzoqlashib
qolishgandi. O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston
singari qardosh respublikalar o’rtasidagi iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalar
Markaz ijozatisiz amalga oshmasdi.
Ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini, xalqlarning xohish-irodasini nazar-pisand
qilmaslik, turmush voqealari, xalqlarimizning talab-istaklariga ilmiy, odilona
|