464 Hozirgi paytda insoniyat oldida shunday dolzarb, o’tkir muammolar
turibdiki, ularni hal etish uchun dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar va xalqlarning
kuch va imkoniyatlarini safarbar etishga to’g’ri keladi, mamlakatlarimiz xalqlari
hayotining hozirgi holati va kelajagi uchun ma’suliyatni his etgan holda, biz teng
huqukli hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat davlatlarimizning bir-
biriga o’zaro munosabatida asosiy tamoyillar bo’lib qolishi muhim.
Mazkur mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlar tarixiy, madaniy
taraqqiyotining mushtarakligi bilan birlashgandir, ularni an’analar va ma’naviy
qadriyatlar jipslashtirib turadi. Ular har doim o’zaro hurmat, tinch-totuvlik va
yaxshi qo’shnichilik ruhida birgalikda yashab kelishgan.
Umumiy ma’naviy qadriyatlar bilan bir qatorda bizni, shuningdek, energetik,
suv va mintaqaning boshqa tabiiy resurslaridan foydalanishga asoslangan
an’anaviy savdo, iqtisodiy aloqalar ham birlashtirib turadi.
Prezidentlar mamlakatlarimiz o’rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-
texnik, madaniy va ijtimoiy sohalarda mustahkam hamkorlik qilish uchun maqbul
shart-sharoit yaratib berishga har tomonlama ko’maklashishga tayyor ekanligini,
buyuk ajdodlarimizdan qolgan boy merosni bundan keyin yanada boyitish, bu
boylikdan mamlakatlarimizdagi mavjud iqtisodiy salohiyatni yanada yuksaltirish
yo’lida foydalanishga amaliy ishlar bilan ko’maklashamiz, deb bayon qildilar.
O’rta Osiyo mamlakatlari bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti,
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, MDH hamda boshqa nufuzli
xalqaro tashkilotlarga a’zodir. «Biz, - deb aytilgan Qo’shma bayonotda, — tashqi
siyosatda xalqaro huquqlarning barcha e’tirof etgan tamoyillariga rioya etgan
hamda ularga amal qilgan holda hududiy yaxlitlik va bir-birimizning
mustaqilligimizni so’zsiz hurmat qilish, tarixiy shakllangan chegaralarni tan olish
lozimligini e’tirof etamiz. Biz, shuningdek, har bir davlatning o’z taraqqiyot
yo’lini, davlat va jamiyat andozalarini tanlab olish huquqini e’tirof etamiz,
o’zimizning bir-birimizga nisbatan maqsadlarimiz birligiga shubha uyg’otuvchi,
tashqi kuchlar manfaatlariga xizmat qiluvchi bayonotlardan tiyilib turishga tayyor