469 jarayon haqidagi chuqur va aniq ilmiy tasavvurlarga, ilmiy tadqiqot usullarining
natijalariga asoslanib ish ko’radi va xulosa chiqaradi.
Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini oldindan ko’ra bilishning ekstrapolyatsiya
(muayyan bir sharoitda ro’y beradigan qonuniyatlarni hozirgi davr va kelajakka
moslash), tarixiy analogiya (o’tmish hodisalariga qarab xulosa chiqarish), ijtimoiy
hodisalarni kompyuter orqali namunalashtirish, kelajak hodisalarini tasvirlash,
eksperemental baholash (tarixiy ilmiy tajribaga asoslangan ishlarga) baho berish
singari asosiy usullari mavjud. Bularning hammasi birgalikda jamiyat taraqqiyotini
oldindan ko’rishga imkon beradi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, mavjud voqealarning hal qiluvchi
yo’nalishlarini faqat ravshan tushina olgan taqdirdagina to’g’ri, ilmiy jihatdan
asoslangan siyosat yuritish mumkin. Sodir bo’layotgan voqealarning ob’ektiv
mantig’ini chuqur tushunib olish, davr harakatini ifodalovchi to’g’ri xulosalar
chiqara bilish oson emas, lekin bu g’oyat zarur ishdir.
Mavjud voqelik, mamlakatimizda, jahon miqyosida muntazam ravishda
sodir bo’lib turgan hodisa va jarayonlar, jahon fani va texnikasining, inson aql
idroki va tafakkurining xayratomuz darajada to’xtovsiz rivojlanib borayotganligi,
hozirgi zamon ilmiy-texnika yutuqlari insoniyatning kelajagi haqida mukammal
ilmiy xulosalar chiqarish uchun boy material bermoqda.
Mamlakatimizning kelajagi haqida aniq rejalar ishlab chiqarish, ularni
amalga oshirishning eng oqilona va maqsadga muvofiq yo’llarini belgilab olish
uchun xalq bilan maslahatlashish, uning fikriga quloq solish, madadiga suyanish,
uning talab-istaklarini bajarish zarurligini hayotning o’zi ko’rsatib turibdi.
Hozirgi paytda jahon taraqqiyoti o’ziga xos yangi davrga qadam qo’ydi. Bu
davrning o’ziga xos, oldingi paytlardan farq qiladigan alomatlari, xarakterli
belgilari bor. Bular quyidagilardan iboratdir.
Er yuzidagi davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va
hamkorlikning yuksalib borishi jahon taraqqiyoti hozirgi bosqichining o’ziga xos
xususiyatidir. Boshqacha aytganda, keng qamrovli integratsiya — (lotincha so’z