Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə420/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   466
TATU Falsafa

468
 
9.7. Jamiyat taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish — inson oqilona 
faoliyatining zaruriy sharti
Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda unda sodir bo’layotgan jarayonlar 
taraqqiyotining oqibatini oldindan ko’ra bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bashorat 
qilish nima? Inson hayotida ro’y bermagan, fan uchun hozircha no’malum 
hisoblangan, imkoniyat tariqasidagina mavjud bo’lgan biron-bir ijtimoiy-siyosiy 
voqea yoki hodisaning kelajakda qanday ro’y berishini, uning holati, rivojlanish 
qonunlari va oqibatlarini muayyan ilmiy dalillar, nazariy xulosalar va 
ma’lumotlarga asoslangan holda oldindan aytib berish — bashorat qilishdir. 
Inson faqat orqaga, o’tmishga qarab yashay olmaydi, balki o’tmish avlodlar 
tomonidan yaratilgan barcha ilmiy bilimlarni chuqur o’rganish va o’zlashtirish, 
ularga ijodiy va tanqidiy yondashish asosida kelajakni oldindan ko’rishga, 
to’xtovsiz ilgarilab borishga harakat qiladi. O’tmishni, tarixni bilmasdan turib 
kelajakni bilish, olg’a rivojlanish mumkin emas. Kelajakka umidvorlik bilan 
qarash, bugun bilmagan narsa va hodisani ertaga mukammal bilishga intilish
orqaga emas, oldinga, kelajakka tomon harakat qilish — insonning eng muhim 
fazilatlaridan bo’lib hisoblanadi. Inson o’zining kelajagini taxmin va gumonlarga 
asoslanib emas, balki fan va amaliyotning chuqur ilmiy xulosalariga asoslanib bilib 
oladi. Fan va amaliyot — kelajakni oldindan ko’rishning eng ishonchli qurolidir. 
Inson fan yordamida dunyoni ilmiy asosda biladi, undan maqsadga muvofiq tarzda 
foydalanadi. Biron-bir narsadan foydalanish uchun avvalo o’sha narsa va hodisani 
bilish, atroflicha o’rganish kerak bo’ladi. 
Ijtimoiy 
hayot 
hodisalarini 
oldindan 
bilish, 
rejalashtirish, 
programmalashtirish, loyihalashtirish, boshqarish nazariyalari bilan o’zaro 
aloqadorlikda amalga oshiriladi. Murakkab jarayonlarni oldindan bilishga ayrim 
fanlar, mutaxassislarning kuchi yetmasligi sababli ilmning barcha tarmoqlaridagi 
yetuk olimlarning o’zaro hamkorligi talab qilinadi. Kelajakni, mavjud tarixiy 
jarayonlarni bashorat qilishning eng qulay usuli ekspert baholashdir. U tarixiy 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   416   417   418   419   420   421   422   423   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin