Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   466
TATU Falsafa

169
 
abadiyligi uning hech kim tomonidan yaratilmaganligini, hamda mavjud bo’lishini, 
har bir yangi kashfiyot tufayli uning yangi tomonlari ochilishini bildiradi. 
Materiya haqida gap ketganda, quyidagi masalaga e’tibor berish zarur. U 
shundan iboratki, materiyaning falsafiy tushunchasini uning tuzilishi haqidagi 
tabiiy-ilmiy tasavvurlar bilan almashtirib yubormaslik kerak. Materiyaning 
gnoseologik ma’nodagi mazmuni keng, umumiy va abadiydir, ammo uning 
xususiyatlarini va tuzilishini aniq fanlar sohasida talqin qilish esa nisbiydir. 
Hozirgi 
zamon 
fan 
kashfiyotlari 
materiyaning 
bitmas-tuganmas 
xususiyatlarini ochishda, uning katta falsafiy ahamiyat kasb etayotganligini 
tasdiqlamoqda. 
Bundan ikki ming yil ilgari Levkipp, Demokritlarning bo’linmas zarra — 
atom haqidagi farazlari materiya tuzilishi haqida boshlang’ich fikrlar edi. Rus 
olimi M.V.Lomonosov va italiyan olimi Lavuazelarning turli moddalarning 
kimyoviy va fizik xossalari haqidagi nazariyasi materiya haqidagi bilimlarning 
chuqurlashib 
borishiga 
sabab 
bo’ldi. Kimyo fanida A.Butlerovning 
molekulalarning 
tuzilishi 
sohasidagi 
kashfiyotlari, 
D.I.Mendeleevning 
«Elementlar davriy sistemasi qonuni»ning ochilishi materiyaning tuzilishi haqidagi 
hozirgi zamon ta’limotiga asos bo’ldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi 
fizikadagi eng yangi kashfiyotlar, chunonchi elektronning ochilishi, uran va 
boshqa atomlar radioaktivlik xususiyagining, rentgen nurlarining kashf qilinishi, 
atom haqidagi qarashlarda burilish yasadi. 
Elektron harakat tezligining o’zgarishiga qarab uning massasi ham o’zgarib 
turishining aniqlanishi E=mc
2
materiyaning hozirgi ma’lum bo’lmagan yangi 
xususiyatlarining ochib berilganligidan, moddalarning bir turdan ikkinchisiga 
aylanishida dialektik jarayon borligidan darak beradi. 
Fizika fanida erishilgan bu yutuqlar materiya tushunchasining ob’ektiv 
reallikni ifodalovchi xususiyatining to’g’ri ekanligini isbotlaydi. Bu kashfiyotlar 
atomning bo’linishini, uning yangi xususiyatlari, ayniqsa massa xususiyatlarining 
sifat jihatidan avvalgi xususiyatidan farq qilishini ko’rsatadi. Fiziklarni bu narsa 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin