189 aloqa vositasi tilni vujudga keltiradi.
Insonga xos bo’lgan barcha xislat va fazilatlarning yuzaga kelishi va
rivojlanishi mehnat bilan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan uzviy bog’liq.
Birgalikda qilinadigan har qanday mehnat kishilarning bir-birlari bilan muayyan
aloqa va munosabatlarda bo’lishlarini taqozo qiladi. Kishilar ana shu aloqa va
munosabat asosida bir-birlariga va tabiatga ta’sir etadilar.
Inson o’zining ma’lum maqsadga qaratilgan amaliy faoliyati jarayonida
tabiatni behad o’zgartirib yubordi. Insoniyatning ko’p ming yillik tarixiy
taraqqiyoti jarayonida o’simliklarning shunday yangi navlari va hayvonlarning
tabiat yaratmagan zotlari yaratildiki, buni ko’rib ajablanmaslik mumkin emas.
Dunyo haritasida yangidan-yangi mamlakatlar, viloyatlarning paydo bo’lganligi
va bo’layotganligi, o’simlik va hayvonlar dunyosining o’zgarib borayotganligi,
suv omborlari, to’g’onlar, sun’iy dengizlarning paydo bo’layotganligi, qo’riq va
bo’z yerlarning o’zlashtirilayotganligi, sanoat korxonalarining bunyod
etilayotganligi,
bularning
hammasi
insonning
tabiatga
ta’siri kuchayib
borayotganligining muhim ko’rinishlaridandir. yer sharining, jahon okeanining
inson amaliy faoliyati ta’sirida biron-bir darajada o’zgarmayotgan nuqtasi deyarli
yo’q.
Inson o’zining aql-idroki, fan va texnika yordamida oziq-ovqatning,
qurilish materiallarining, kiyim-kechak uchun ishlatiladigan matolarning, sun’iy
tolalarning tabiat yaratmagan yangidan-yangi turlarini ixtiro qildi va qilmoqda.
Insonning tabiatga ta’siri ijtimoiy taraqqiyot mobaynida hozirgi davrdagidek
bo’lgan emas. Hozirgi paytda insonning yashash maskanining tabiiy muhiti
o’zgarmoqda. Bu muhit inson sivilizatsiyasining bir qismiga aylandi. Boshqacha
aytganda, “ikkinchi tabiat” — insoniyat madaniy dunyosi vujudga keltirildi, ya’ni
shunday narsalar va jarayonlar vujudga keltirildiki, ularning tabiatda tayyor holda
mavjud bo’lishi u yoqda tursin, hatto ular tabiatning o’z kuchlari ta’siri ostida ham
paydo bo’la olmaydi. Bundan endiliqda tabiat o’z mavjudligining ob’ektiv
xususiyatini yo’qotdi, degan ma’no kelib chiqmaydi, albatta. Tabiat ilgarilari