19
ma’lumotlar mujassamlashtirilgan. Ularga shubha bilan qaramasdan mutlaq haqiqat
sifatida qabul qilish uqtirilgan.
Mifologik dunyoqarashning yana bir xususiyati shundan iboratki, undagi voqealar, turli
hodisalar, afsonaviy xudolar, qaxramonlar obrazlari jozibali va jonli turda kishilarning hissiy
a’zolari va tasavvurlariga qattiq ta’sir ko’rsatadigan shaklda berilgan. Yunon mifalogiyasidagi
xudolarning xudosi Zevs, barcha dengiz, daryolarning xudosi Poseydon, uning o’g’li Antey,
hosildorlik va dehqonchilik xudosi Demetra, muhabbat va go’zallik xudosi Afrodita,
donishmandlik, ilm-fan, san’atning xudosi Minerva va boshqalarning obrazlari shular
jumlasidandir.
Afsonalarda kishilarning voqelikka bo’lgan qarashlaridan tashqari ularning turli xatti-
harakatlari, raqsi, urf-odat, an’analari ham tasvirlangan. Ma’lumki, urf-odat, udumlar, afsonalar
bilan bir qatorda kishilik jamiyatining ma’naviy qadriyatlari tarkibiy qismini tashkil etadi.
Dastlabki vaqtlarda afsonalar diniy an’analar, udumlar bilan uzviy bog’liq bo’lib diniy
dunyoqarashni rivojlantirishga asos solgan. Keyinchalik mifologik dunyoqarashlarda
kishilarning falsafiy, siyosi, huquqiy, badiiy va boshqa qarashlar kurtaklari ildiz otadi va
rivojlanadi. Bu esa mifologik, diniy, falsafiy, siyosiy, badiiy qarashlarning o’zaro tutashib
ketganligidan dalolat beradi. Ayniqsa, badiiy obrazlarda mifologik qarashlar ko’proq o’z aksini
topgan. Shuning uchun ham og’zaki ijodning mahsuli bo’lgan o’rta asr xalqlarining “Alpomish”,
“Manas”, “Go’ro’g’li” kabi eposlarda badiiy obrazlar afsonaviy obrazlar bilan tutashib ketgan.
Mifologik dunyoqarashning ko’rinishlari hozirgi davrda ham turli badiiy asarlarda uchrab turadi.
Afsonalar bu xalqlarning dastlabki ma’naviy madaniyatining shakli bo’lib, ularda
dastlabki bilimlarning kurtaklari, falsafiy, diniy, siyosiy, badiiy qarashlar o’z aksini topgan.
Afsonalar ijtimoiy ongning yaxlit va umumiy shakli sifatida namoyon bo’lgan. Unda xalqlarning
o’z davriga mos keladigan dunyoni his qilishi, bilishi, qarashlari mujassamlangan. Miflarda
barcha xalqlarning madaniy boyligi, tafakkuri, donoligi, hayotiy tajribalari o’z aksini topgan.
Mifologik dunyoqarashda diniy dunyoqarashning ham ko’rinishlari mavjud. Buni
shundan ko’rishimiz mumkinki, mifologiya ham, diniy ta’limotlar ham, dunyoning yaratilishini
afsonaviy xudolar bilan bog’lab ko’rsatadi, lekin ularning o’rtasida farq ham mavjud.
Mifologiyada narsa va uning obrazi, moddiylik va ma’naviylik bir-biridan ajralmagan yaxlit
|