15 nihoyatda ma’lum fikrlar, tasavvurlar, tushunchalar, qarashlar hosil bo’ladi.
Demak, dunyoqarash o’z ichiga dunyoni his qilish, dunyoni tushunish
jarayonlarida hosil bo’ladigan idrok, kayfiyatlarni ham qamrab oladigan tushunchadir.
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjuddir. Uning birinchisini, kishilarning
kundalik hayoti amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to’plangan bilimlar,
tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini esa ilm-fan tufayli to’plangan nazariy
bilimlar, g’oyalar yig’indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy
bog’langan bo’lib, bir-birini to’ldiradi.
Barcha ijtimoiy hodisalar kabi dunyoqarash ham, ijtimoiy shart-sharoitlar,
ijtimoiy munosabatlar majmui bilan bevosita bog’liqdir. Turli ijtimoiy tuzumlarga har
xil dunyoqarash shakllari mos keladi. Ijtimoiy mulkka asoslangan ibtidoiy jamoa
tuzumining oddiy ishlab chiqarish usuli rivojlanmagan mistik, kollektiv
dunyoqarashini tug’dirdi, u orqali ibtidoiy odamning o’rab olgan muhitidagi
hodisalarni in’ikos etishi va fikrlab olishi amalga oshadi. Frantsuz olimi L.Levi-Bryul,
ibtidoiy odamlar tafakkuri o’z asosiga ko’ra mistikdir “ilohiydir”, degan edi.
Xususiy mulkning kelib chiqishi va jamiyatdagi manfaatlari turlicha bo’lgan
kishilarning katta guruhlarga bo’linishi atrofdagi mavjud narsa va hodisalarni aks
ettirish va fikrlab olish ibtidoiy jamiyatdagidek mistik, kollektiv tasavvurlar orqali
emas, balki muayyan mafkura shaklida gavdalangan tasavvurlar, dunyoqarashlar
orqali amalga oshishiga olib keladi.
Olam mohiyati va uning asosida yotgan qonuniyatlarni bilish zaruriyati turli
falsafiy dunyoqarashining vujudga kelishiga olib keladi. Ular insonga olamni va
uning rivojlanish qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan o’zlashtirib olishga
xizmat qiladilar.
Eski tuzumning yemirilib, mustaqil davlatning vujudga kelishi — o’z navbatida,
yangi tasavvurlar, yangi dunyoqarashning shakllanishiga olib keladi. Kurinib
turibdiki, u yoki bu dunyoqarashning vujudga kelishi va hukmronlik qilishi ijtimoiy
shart-sharoitlar bilan uzviy bog’langan.
Dunyoqarash qotib qolgan, hech qachon o’zgarmaydigan o’lik g’oyalar