Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   466
TATU Falsafa

11
 
Falsafa yaxlit ilmiy bilim tizimini tashkil etib, muayyan fundamental 
qoidalarning yig’indisiga asoslanadi. Bu qoidalar bir-biri bilan uzviy bog’liq 
bo’lgan quyidagi uch turkum, yirik muammolarni qamrab oladi. 
1. Borliq va uning rivojlanish muammolari. Borliq — mavjudotni ifodalovchi 
tushunchadir. U murakkab va ko’p qirralidir. Moddiy borliq, ideal borliq, inson 
borlig’i va boshqalar shular jumlasidandir. 
Borliq, uning kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy mushohada 
qilish insonni doimo qiziqtirib kelgan va hozirda ham qiziqtirib kelmoqda. 
Borliqni ilmiy izohlash, anglashga qaratilgan xilma-xil falsafiy yo’nalishlar va 
fikrlar mavjuddir. Ularni atroflicha va batafsil o’rganib chiqish insonning falsafiy 
dunyoqarashini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. 
2. Falsafa fani borliq muammosi bilan bir qatorda voqelikning eng umumiy 
aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlari, ularni inson ongida aks ettirish 
to’g’risidagi ta’limotidir. Narsa va hodisalarning bir-biri bilan aloqadorligi va 
ularning doimiy rivojlanib turishi falsafa fanida uning asosiy qonun va kategoriyalari 
sistemasida o’z aksini topadi. Demak, falsafa fani borliqdagi narsa va hodisalarning 
eng umumiy aloqadorligi va rivojlanishini aks ettirish uchun qonun va kategoriya 
tizimini yaratadi va uning yordami bilan inson atrofini qurshab turgan voqelikni aks 
ettiradi. Inson tafakkurining shakli bo’lgan falsafiy qonun va kategoriyalar 
yordamida borliqni o’rganish katta falsafiy muammodir. 
Falsafa — nazariy fikrlarning shakli va qonuniyatlarini ham o’rganuvchi 
ta’limot bo’lib hisoblanadi. Tafakkur shakllari va qonunlari formal mantiq va falsafa 
fanlarida o’rganiladi. 
Formal mantiq narsa va hodisalarni harakatsiz, barqaror, ziddiyatsizlikda tahlil 
etishni talab etadi. Unga muvofiq, bir faktda, bir jihatdan olingan ikkita qarama-
qarshi fikrlar haqiqat bo’lishi mumkin emas. Bundan farqli o’laroq, falsafiy 
tafakkurlash narsa va hodisalarni harakatda, hamma tomonlarini, ziddiyatlar 
birligida tahlil etishni talab etadi. Ziddiyatlarni hisobga olgan tafakkurlash mazmun 
va shakl, mohiyat va hodisa, ziddiyat va tasodif va boshqa kategoriyalar (tushunchalar) 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin