9
qo’lga kiritilsa, shu haqida ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa,
narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil, hujjatlar asosida shu narsa haqida
miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni
falsafa deymiz...”
1
.
Shuni alohida eslatib o’tish joizki, voqelikning eng umumiy tomonlari,
aloqalarini aks ettiruvchi qarashlar falsafiy darajaga ko’tarilishi uchun ular inson
tomonidan mavhum tafakkurlash yo’li bilan qayta ishlab, umumlashtirilib,
sistemalashtirilgan nazariy g’oyalar tizimini tashkil etishi lozim. Shundagina ular
falsafiy dunyoqarashni hosil qiladi.
Falsafaning paydo bo’lishi qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi VI asrga
to’g’ri keladi, chunki fanning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy zaminlar aynan ana shu davrda vujudga kelgandi.
Har qanday falsafa o’z davrining mahsuli sifatida shu davr ijtimoiy
taraqqiyoti ehtiyojlarini ifodalaydi. Shuning uchun insoniyat tarixining turli
bosqichlarida turli falsafiy qarashlar mavjud bo’lgan va shunga mos ravishda uning
predmeti va vazifalari ham o’zgarib borgan.
Dastavval, aniq fanlar mustaqil taraqqiy etmagan paytda, falsafa barcha
bilimlarni umumlashtiruvchi, fanlarning fani, “umumiy tizim” vazifasini bajarib
kelgan edi. Shu davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, Arastu, Xorazmiy,
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek va boshqalar, ayni vaqtda tabiat fanlarining
ham asoschilari bo’lganlar. Shuning uchun dastlabki kezlarda falsafa bir butun
ta’limot ko’rinishida mavjud bo’lgan edi.
Falsafani maxsus bilimlar bilan birlashtirish qadimgi davrga xos xususiyat
bo’lgani uchun u tabiat falsafasi, ya’ni «naturfilosofiya» deb ham hisoblangan. U
tabiiy fanlar tushunchalariga asoslangan holda tabiatni yaxlit tasvirlab berishga
qaratilgan bo’lib, kishilik jamiyatining ilk bosqichida keng taraqqiy etgan mifologik
tasavvurlarni siqib chiqarishga asos yaratadi.
1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-183-184 betlar.