Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   466
TATU Falsafa

10
 
Qadimgi davr falsafasida olamni yaxlit izohlab berish bilan bir qatorda narsa 
va hodisalarning taraqqiyot qonunlarini o’rganish usullari, bilish nazariyasi hamda 
ijtimoiy fikrlar (axloq-odob, davlatni boshqarish masalalari) ham katta o’rin olgan. 
Tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarning rivojlanib borishi alohida fanlar paydo 
bo’lishiga, mustaqil tadqiqot sohalari ajralib chiqishiga olib keldi. Uyg’onish 
davridan, ayniqsa, XVII asrdan boshlab tabiat haqidagi fanlar, jumladan, tajribaga 
asoslangan tabiatshunoslik, astronomiya, matematika, fizika, mexanika, kimyo 
muvaffaqiyatli rivojlana boshladi. Ijtimoiy tajribaning xo’jalikning, ayniqsa, 
sanoatning rivojlanishi, savdo ishlarining o’sishi va aniq fanlar bilan bir qatorda bir 
qancha ijtimoiy-gumanitar fanlarning: tarix, til, adabiyot, san’at, iqtisod, huquq va 
hokazolarning ham rivojlanishiga zamin yaratadi. 
Endilikda falsafa fani tabiatni yaxlit o’rganish muammolari bilangina emas, 
balki fan taraqqiyotida ilmiy bilishning ahamiyati, bilish jarayonining asosiy 
bosqichlari, ilmiy bilishda aniq fanlarda qo’llanadigan uslublarning roli, fan 
taraqqiyotida mantiqiy tafakkurlashning qonuniyatlari va shakllari kabi masalalar 
bilan shug’ullanadi. Shuningdek, inson va jamiyat insonning erki va huquqlari, 
axloq-odob, davlat muammolari ham keng o’rin oladi. 
XIX asrdan boshlab boshqa fanlar tomonidan hosil qilingan bilimlarni 
birlashtirish va umumlashtirishga ehtiyoj kuchaya bordi. Xususiy fanlarning erishgan 
muvaffaqiyatidan kelib chiqqan holda borliq va bilishning falsafiy masalalariga 
bo’lgan qiziqish yanada kuchaydi. Faylasuflar orasida falsafiy tizim yaratishga 
intiluvchilar ko’payib ketdi. Bunga misol sifatida nemis klassik falsafasining yirik 
vakili Gegel tomonidan yaratilgan falsafiy tizimni ko’rsatib o’tishimiz o’rinlidir. U 
o’zining “Mantiq ilmi” asarda dialektika qonunlariga asoslangan yaxlit falsafiy tizimni 
yaratgan edi. Gegelning bu ta’limoti hanuzgacha falsafa faniga o’zining ta’sirini 
ko’rsatib kelmoqda. 
Fan va texnikaning doimiy ravishda taraqqiy etishi hamda jamiyatning turli 
sohalarida ro’y berayotgan jarayonlar falsafa fanining rivojlanishiga va uning 
muammolar doirasini kengaytirishga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin