Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   466
TATU Falsafa

12
 
hamda falsafiy qonunlar yordamida tahlil etilayotgan narsaning barcha tomonlarini 
chuqur va atroflicha bilib olish imkoniyatini yaratadi. 
Empirik bilish formal mantiq qonun-qoidalari asosida fikrlash bilan 
kifoyalansa, nazariy bilish falsafiy (dialektik) fikrlashni talab etadi. 
3. Voqelikni bilish nazariyasi. Borliqni inson ongida aks ettirish — murakkab 
dialektik jarayondir. Uni atroflicha va chuqur bilish uchun falsafa fani — in’ikos 
nazariyasini ishlab chiqdi. Falsafaning in’ikos nazariyasi bilish jarayonida sub’ekt 
bilan ob’ektning aloqadorligi, bilishning asosiy bosqichlari va shakllari, haqiqatga 
erishish dialektikasi va shunga o’xshash ko’pgina murakkab masalalarni atroflicha 
anglab olishga yordam beradi. Ilmiy bilish va inson amaliyoti uchun bu katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Yuqorida ko’rsatilgan muammolar falsafaning barcha tarixiy tiplari va 
yo’nalishlari markazida turgan muammolardir. Antik davr, o’rta asr, yangi davr va 
hozirgi zamon faylasuflarining barchasi o’z asarlarida borliq, uning kelib chiqishi va 
rivojlanishi qonuniyatlari to’g’risida, insonning borliqqa munosabati, voqeliknint 
rivojlanish manbalari, uni bilish qoidalari va shu kabi murakkab falsafiy masalalar 
to’g’risida turlicha fikrlar aytganlar va aytib kelmoqdalar. Bu esa, falsafaning 
fundamental muammolari davomiyligi va ularning umuminsoniy qadriyatlar 
ahamiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. 
4. 
Insonning 
dunyoqarashini, 
uning 
ongini 
falsafa 
qoidalariga 
muvofiqlashtirib shakllantirishda jamiyat taraqqiyoti va rivojlanishi qonuniyatlarini 
anglab olish katta ahamiyatga ega. Jamiyatda ro’y berayotgan iqtisodiy, siyosiy, 
ijtimoiy va ma’naviy hodisalar, ularning kelib chiqishi, rivojlanish yo’nalishlarini 
falsafiy anglash mazkur jarayonlarni atroflicha va chuqur mushohada etish bilan bir 
qatorda, insonning ularga qanday munosabatda bo’lishini aniqlab olish imkoniyatini 
tug’diradi. Shuning uchun bu masalalar ham falsafiy tahlil qilishni taqozo etadigan 
muammolar qatoriga kiradi. 
Hozirgi davrda inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi, insonning 
istiqboli, fan va texnika yutuqlaridan barcha insoniyat manfaati yo’lida oqilona 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin