Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   466
TATU Falsafa

4
 
tutgan o’rni, istiqboli, uning nazariyasining boyligidadir. Fanning nazariy asoslari 
qanchalik puxta, mukammal, atroflicha va chuqur ishlangan bo’lsa, uning mavqei 
ham shu darajada yuksak bo’ladi. 
Ma’lumki, falsafa fanining asosiy negizini dialektika nazariyasi tashkil etadi. 
Shunday ekan, dialektika nazariyasini ijodiy rivojlantirib, uni hozirgi davr 
talablariga muvofiqlashtirib, umuminsoniylik darajasiga ko’tarish kerak. 
O’tmishda dialektika nazariyasi turlicha falsafiy ta’limotlarda shakllanib va 
rivojlanib kelgan. Dialektika hozirgi vaqtda ham jahon falsafasida markaziy o’rinni 
egallab kelmoqda. Endilikda biz dialektika nazariyasini ham umuminsoniy 
qadriyatlar darajasidagi fan sifatida rivojlantirishimiz darkor. 
2. Yangilangan falsafa fani – umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini e’tirof 
etish bilan bir qatorda buyuk mutafakkirlarimizning ko’pgina asarlarida taraqqiy 
ettirilgan Sharq xalqlarining falsafiy qarashlarini chuqur va atroflicha ochib 
bermog’i kerak. «Asrlar mobaynida, - degan edi O’zbekiston birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov, - xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik 
kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda 
rivojlandi. Va o’z navbatida bu falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz 
dahosidan bahra olib boyib bordi»
1

Dialektika va tarixiy materializm falsafasi G’arbiy Yevropada vujudga kelib, 
keyinchalik Rossiya xalqlarining ehtiyojlariga moslashtirilgan falsafa ekanligi 
hammamizga ayon. Unda Markaziy Osiyo xalqlarining boy falsafiy merosi, 
qarashlari o’z aksini topmagan edi. Endilikda bizning asosiy vazifamiz - o’z 
xalqimiz tafakkuriga mos, tushunarli va yaqin bo’lgan Sharq falsafasidan bekamu 
ko’st foydalangan fanni bunyod etishdir. 
3. Mazmunan yangilangan mazkur falsafaning asosiy vazifasi – insonning 
ichki dunyosini, ma’naviyatini, tafakkurini, dunyoqarashini shakllantirishga va 
rivojlantirishga qaratilmog’i lozim. 

1
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-


T.:“O’zbekiston”,1995.-9-bet. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin