1. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) muayyan, layyoqat B) me’mor, be’mor
C)
uddaburon, maddoh D) marotaba, faravon
2. Qaysi gaplarda tire tinish belgisi bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? 1. Kenja botir: “Dushmanga tiz cho‘kib yashaganimdan ko‘ra tik turib o‘lganim yaxshi”, − debdi. 2. Xalqimiz aytadi: “Ilmga – tuganmas xazinaga −faqat mashaqqat chekkanlargina erisha oladi”. 3. Qizlar ham, bolalar ham − hammasi meni yaxshi ko‘rishadi. 4. Juda ko‘p yordam berdik − o‘zida intilish yo‘q. 5. O‘sha ko‘zoynakli ustozni – Anvar Ahmedovni −barcha kursdoshlarimiz yaxshi eslashadi.
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 5
3. Qaysi javobda sinonimik qator va shu sinonimik qatorga mansub bo‘la oladigan so‘zlar to‘g‘ri moslashtirib ko‘rsatilgan?
A)
1-f, 2-d, 3-b, 4-a B)
1-f, 2-d, 3-c, 4-a
C)
1-e, 2-d, 3-b, 4-a D)
1-f, 2-e, 3-b, 4-c
4. Berilgan qaysi gapdagi ko‘p nuqta o‘rnida –dan qo‘shimchasini ham, -ni qo‘shimchasini ham qo‘llash mumkin?
A)Nodirjon ovqat... tez-tez yedi-yu, ishlarini bitirish uchun ishxonasi tomon otlandi.
B)Bu hunar bilan bolaligi... shugu‘llangan yigit hozir dongdor ustaga aylangan.
C)Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar... nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi.
D)Bu gap... xabardor bo‘lgan odamlar endi unga ta’na qilishlari mumkinligini o‘ylab yuragi siqilib ketdi.
5. So‘nggi yillarda ko‘plab iste’dodli, bil. . . don yoshlar xorijga o‘qi. . . uchun jo‘na. . . ilmoqda, ular. . . yangi. . . ka intilish kuchli bo‘ladi. Ushbu gapdagi nuqtalar o‘rniga mos keluvchi qo‘shimchalar haqidagi xato hukmni aniqlang.
A)Ushbu gapda munosabat shakli qo‘shimchasi tushib qolishi kuzatilgan.
B)Ushbu gapda fe’l yasovchi qo‘shimchaning tushib qolishi kuzatilgan.
C)Ushbu gapda lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchaning tushib qolishi kuzatilgan.
D)Ushbu gapda ot yasovchi qo‘shimchaning tushib qolishi kuzatilgan.
6. Quyidagi parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatimiz kelajagi uchun javobgarlikni
his qilishga qodir, barkamol va maqsad sari intiluvchan, serg‘ayrat avlodni tarbiyalash borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.
A)Barcha yasama otlar fe’ldan yasalgan.
B)Faqat narsa va o‘rin-joy otlari ishtirok etgan.
C)Barcha otlar ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajargan.
D)Otning tuzilishiga ko‘ra faqat bir turi ishtirok etgan.
7. I. Mashinani shu yerda to‘xtatib keting, kech tushmay qishloqqa yetib olishim kerak. II. Maktabga boray, siz so‘ragan narsani topay, keyin aytishim mumkin, shoshiravermang. III. Kelganimda dedilarki,
bu yigit koni zarar, Ketmagimdan, oxir, ayt, bormi zarar, ketmoqdaman. Quyidagi qaysi fe’l shakllari berilgan gaplarning har uchalasida ishtirok etgan?
1) orttirma nisbatdagi fe’l; 2) sof fe’l; 3) o‘tgan zamon ma’nosidagi fe’l; 4) harakat nomi; 5) o‘timli fe’l. A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 4 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 3
8. Qaysi gapda taxmin-gumon ifodalash uchun qo‘llangan modal so‘z ishtirok etgan?
A)Olimning barcha bayon etayotgan fikrlari ehtimollar nazariyasiga asoslangan edi.
B)Yashash uchun kurashadiganlarni emas, balki iymon uchun kurashadiganlarni do‘st tut.
C)Endi biroz to‘xtab
dam olaylik, chamasi, yana ikki kun yuramiz, suv va oziq-ovqat ham oz qoldi.
D)Haligi kishining sovuq qarashlaridan, norozi aftidan, keskin gapirishidan shubhada ekanligi sezilib turardi.
9. Dunyoda go‘dak xandasi kabi sof, ma’sum narsa yo‘q. Ushbu gapdagi so‘zlarning bog‘lanishi haqida berilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A)Qismlari kelishik yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud emas.
B)Qismlari ko‘makchi yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud.
C)So‘zlarning o‘zaro teng bog‘lanishi (so‘z qo‘shilmasi) mavjud emas.
D)Ham otli, ham fe’lli so‘z birikmasi mavjud.
10. Qaysi javobda maqsad holi ishtirok etgan?
A)Yoshligida ko‘p yo‘talgani uchun ota-onasi uni juda avaylar edi.
B)Birga o‘ynab o‘sgan dugonasini ham tanimaganiga noqulay ahvolga tushdi.
C)Singlimga olgan kitoblarimdan bir nechtasini unga ham berdim.
D)Olis tog‘ bag‘riga lola tergani borgan bolalar yomg‘irda
ivib qaytib kelishdi
11. Quyidagi parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
Yoshlikda egallangan bilim toshga o‘yib yozilgan naqshdir, yoshlikdan ilm olish uchun intilgan inson ulg‘ayganda ham ilmni qadrlaydi.
A)Egalar turli so‘z turkumlari bilan ifodalangan.
B)Barcha to‘ldiruvchilar hokim bo‘lakka to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan.
C)Holning faqat bir ma’no turi ishtirok etgan.
D)Aniqlovchilar ega hamda kesimga tobelangan.
12. Quyidagi tasvirga mos ravishda to‘g‘ri shakllantirilgan ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A)Kitob mutolaa qilish hamisha ijtimoiy tarmoqlardan ma’lumot olishga nisbatan foydaliroq mashg‘ulot hisoblangan.
B)So‘nggi yillarda yoshlarimizning ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda, shuning uchun ular orasida kitob o‘qishga qiziqadiganlar soni kamaygan.
C)Kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda, shuning uchun yoshlarimiz orasida ijtimoiy tarmoqlarda turli foydasiz
mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoq susaymoqda.
D)Kitob mutolaasi − qiziqarli mashg‘ulot, ammo keyingi paytda yoshlarimiz orasida ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
13. Qaysi javobda “Ravshan” dostoni voqealari bayoni xato talqin qilingan?
A)Voqealar so‘ngida Shirvon
yurtiga Aynoq kal podsho, ukalar esa vazir qilib tayinlanadi.
B)To‘rt aka-uka kallar mard, tanti, ziyrak va aqlli kishilar timsoli hisoblanadi.
C)Aka-uka kallar kampir enaning iltimosi bilan Ravshanni qutqarishga bel bog‘lashgan edi.
D)Go‘ro‘g‘li Ravshanning Gulanorga sovchi bo‘lib borish haqidagi iltimosini rad etadi.
14. Alisher Navoiy qalamiga mansub “Sab’ai sayyor” dostonining voqealari bayoni to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A)Suhayl otasining yordami bilan chohdan qutuladi, Jobir va uning qo‘l ostidagi barcha qaroqchilarni mardonavor jangda halok etib,
uning bor xazinasini qo‘lga kiritadi.
B)Jobir kuzatuvchilari orqali shoh Navdarning shikorga o‘ch ekanligini bilgach, hiyla-nayrang ishlatib uni o‘z qo‘shinidan uzoqlashtiradi va shohsiz qo‘shinni yengib, qo‘shinsiz qolgan Navdarni ham asir oladi.
C)Mehr Suhaylning bog‘dagi chohga tashlanganini bilgach, kanizaklariga chohni toptiradi va chohga sochlarini arqon o‘rnida
tashlab Suhaylni qutqaradi
D)Shoh Navdar maktub orqali Nu’mondan Jobirning qo‘liga asir tushib qolgan Mehrni qutqarish uchun Suhaylni qo‘shin bilan jo‘natishini iltimos qiladi.
15. Abdulla Qahhor qalamiga mansub “O‘g‘ri” hikoyasi voqealar rivoji va umumiy mazmunidan kelib chiqib, hikoyadagi amaldorlar haqidagi to‘g‘ri izohni aniqlang. A)Hikoyadagi mahalliy amaldorlar aholi haqida to‘g‘ri ma’lumot bermaganlari uchun adolatparvar chor hukumati amaldorlari ham to‘g‘ri siyosat yurita olishmagan.
B)Hikoyadagi barcha amaldorlar yurtni talon-toroj qiladilar, aholi boshiga tushgan kulfatdan o‘z manfaatlari uchun foydalanadilar.
C)Hikoyadagi mahalliy amaldorlar yurtga qanchalik achinmasin, ular chor hukumati amaldorlariga qarshi bosh ko‘tara olmaydigan insonlar sanaladi.
D)Hikoya mazmuniga ko‘ra
hukumatning, yuqori lavozimdagilarning mahalliy aholi manfaati uchun xizmat qiluvchi buyruqlarini quyilavozimdagi amaldorlar to‘g‘ri amalga oshirmaganligi uchun aholi jabr ko‘radi
16. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” tragediyasida Alomat tilidan: “Bayram kunlari rayondagi namoyishdan bayroqcha ko‘tarib
o‘tganingizga xursand bo‘lib yuraverasiz. Majlislarda qo‘l ko‘tarish-u, chapak chalishni bilasiz, boshqa baloni ham bilmaysiz! Ko‘pincha o‘sha majlisda nima hal bo‘layotganini tushunmaysiz!” − deya asar qahramoni ruhiyati talqin qilinadi. Ushbu suhbat matnida muallifning qanday badiiy maqsadi ifodalangan?
A)Muallif Qo‘chqor misolida hayotning asl zavq-u shavqini, bayramlarning asl shukuhini his qila olmaydigan omi qishloq aholisini tanqid ostiga oladi.
B)Muallif Qo‘chqor misolida oddiy qishloq aholisi siyosiy savodxonlik darajasining pastligi, ularning kelajak haqidagi tasavvurlarining sayozligi achinarli hol ekanligini aytmoqchi bo‘ladi.
C)Muallif Alomatni mana shunday teran fikrlari,
benuqson fazilatlari, mehnatkashligi, odobi, aql va zakovatda erkaklar bilan teng bo‘la olishi bilan o‘zbek ayollariga o‘rnak qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
D)Muallif Alomat misolida robotlar insonlardan aql va salohiyatda har qancha ustun bo‘lmasin, ular insonlarning asl his-tuyg‘ularini, shodlik va quvonch hissini tuya olmasligini ta’kidlagan.