17. Enaxonning akasi kim edi?
A) Razzoq so`fi B) O`lmas C) Xolmat D)
Akbarali
18. Jang boshlanishi oldidan bo`lingan taqsimotga ko`ra, kim obong`orni boshqaradi?
A) Mironshoh B) Umarshayx C) Shoxruh Mirzo D) Amir Temur
19. “O`tgan kunlar” romanining “To`y qizlar majlisi” bobidan olingan quyidagi so`zlar qaysi kuyga solininb aytiladi?
O`toqlarim, qo`lg`a olsam torimni Beixtiyor yodlaydirman yorimni
“O`rtoqlar ” kuyiga C) “Ifor” kuyiga
“Munojot ” kuyiga D) “Yig`larim” kuyiga
20. Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida Sharafuddin Xodjayev Miryoqubning qaysi qilmishini: “Mencha, bu – millatga xiyonat!” − deya baholaydi?
A)Akbarali mingboshining Zebiga erishishiga ko‘maklashganini
B)rus ayoliga − Maryamga uylanishni rejalashtirganini
C)qishloq yigitlarini gijgijlab Umaraliboy va Yodgorni do‘pposlatganini
D)Turkiston tarixiga oid noyob qo‘lyozma asarlarni chor hukumati amaldoriga sovg‘a qilganini
Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub g‘azaldan olingan ushbu parchani o‘qing va quyidagi ikkita topshiriqni bajaring.
Boshimga yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay, Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina.
Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina
21. Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub ushbu parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A)Ikkinchi baytda yor timsoli orqali shohlarga xos xususiyatlar aks ettirilgan bo‘lib, shohning adolati quyosh nuriga qiyoslangan.
B)Birinchi baytda oshiqning Farhod singari Besutun tog‘iga borish istagida ekanligi ifodalangan.
C)Ikkinchi baytda "Inson yaxshi bo‘lsa, ishqqa mubtalo bo‘ladi, yomon bo‘lsa, ishq unga ravo ko‘rilmaydi" degan fikr ifodalangan.
D)Birinchi baytda “Boshimga g‘am tushmasin desang, Farhod kabi Besutun tog‘iga borgin” degan mazmun ifodalangan.
22. Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub ushbu parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A)Mutlaq va muqayyad qofiya qo‘llangan.
B)Mubolag‘a san’ati aks etgan. C)Radif mavjud emas.
D)Unli va undosh tovush raviy vazifasini bajargan
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan olingan mazkur she’riy parchani o‘qing va quyidagi ikkita topshiriqni bajaring. Bo‘ldi yaqinkim bu saxovat emas, Ahli saxo* muni saxovat demas. Yoyar anga supraki, ul och emas, Berur anga to‘nki, yalang‘och emas. Xizrg‘a yetgach tutar obi hayot, Misr shakarrezig‘a* habbi nabot*. (ahli saxo* - saxovatli kishilar; shakarrez* - shakar sochuvchi, shakar tarqatuvchi; nabot* - novvot)
23. Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’riy parchaning mazmuniga mos bo‘lgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri?
A)Saxovatni isrof qilishdan farqlash lozimligi bayon qilingan.
B)Yalang‘och bo‘lmagan odamlargina o‘zgalarga to‘n hadya qila oladi deyiladi
C)Har qanday saxovat isrofgarchilik sanalmasligi aytilgan.
D)Hazrati Xizrning Misr shahriga borib obi hayot va shakarni qo‘lga kiritgani bayon qilingan.
24. Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
A)Ushbu parchada tanosib, ishtiqoq she’riy san’atlari qo‘llangan.
B)Ushbu parchada undosh tovush raviy vazifasini bajargan emas.
C)Ushbu parchadagi barcha baytlarda yig‘iq radif qo‘llangan.
D)Ushbu parchada muqayyad qofiya mavjud emas.
Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi ikkita topshiriqni bajaring.
TAVSIYANOMA 1. Men, In’omova Adolatxon, 1980-yilda tug‘ilganman. Hozirda Toshkent shahridagi 17-umumta’lim maktabi direktori lavozimida ishlayman.
2. Aliyeva Shahlo Mirsodiq qizi 2003-yilda tug‘ilgan. U hozirda men rahbarlik qilayotgan maktabning 11-“B” sinfida tahsil oladi. Sh.M.Aliyeva − bilimli, tirishqoq, jamoatchilik ishlarida faol o‘quvchi. U ustozlari va sinfdoshlari bilan
munosabatlarda samimiyligi, kamtarligi va shirinsuxanligi bilan ajralib turadi. Sh.M.Aliyeva so‘nggi yillarda ko‘plab yutuqlarga erishdi, xususan, joriy yilda shahar va respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida ishtirok etdi, she’rxonlik va adabiyot sohasiga oid turli ko‘rik-tanlovlarda faxrli o‘rinlarni egalladi. Uning bir nechta she’riy kitoblari chop etildi va yoshlar tomonidan sevib o‘qilmoqda 3. Sh.M.Aliyevaning kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oluvchi mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonch bildiraman va uni shoira Zulfiya nomidagi mukofotga tavsiya etaman. 2020-yil 18-iyun (imzo) A.In’omova
25. Ushbu TAVSIYANOMA matnining raqamlab ko‘rsatilgan bandlari mazmuniga oid to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A)Matnning ikkinchi qismida tavsiyanomani taqdim etishdan ko‘zlangan maqsad bayon qilingan.
B Matnning har uchala qismida nomzod haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan
C)Matnning birinchi qismida mukofotga tavsiya etish shartlari bayon qilingan.
D)Matnning birinchi qismida tavsiya beruvchi shaxs haqida ma’lumot mavjud.
26. Ushbu TAVSIYANOMA matnining 1-qismida ikkala tarafidan vergul bilan ajratilgan bo‘lak haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A)O‘zidan avvalgi bo‘lakning ma’nosini aniqlashtirgan.
B)Murojaat qilingan shaxs nomini anglatgan.
C)Sanalayotgan bir qancha tushunchalardan birini ifodalagan.
D)Aytilgan fikrga munosabat ifodalash uchunxizmat qilgan.
27. Ushbu TAVSIYANOMA matniga asoslangan holda gapni to‘g‘ri davom ettiring. Toshkent shahridagi 17-umumta’limmaktabining 11-“B” sinf o‘quvchisi .
A)fan va sport sohasida yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘sha olgan
B)2019-2020-o‘quv yilida ona tili va adabiyot fanidan respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan
C)Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan
D)iqtidori va erishgan yutuqlari tufayli davlat
mukofotiga tavsiya etilgan
Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi uchta topshiriqni bajaring.
XOTIRA 1. Odam ko‘rgan narsalarining qiyofasini, eshitgan yoki guvohi bo‘lgan
voqea-hodisalarni ma’lum vaqt eslab qoladi. Xotira biror kimsa, narsa yoki voqea-
hodisa haqidagi yodda saqlangan taassurot bo‘lib, u to‘planib boradigan shaxsiy . . .
dir.
2. Odamlardagi xotira bir necha xil bo‘ladi:
a) harakat xotirasi
- turli
harakatlar orqali yozish, sport mashqlarini bajarish, raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish kabi amallarni eslab qolish;
b) obrazli xotira
- odamlarning
qiyofasi, tabiat manzaralari, ohang va hidni eslab qolish;
c) og‘zaki xotira
- o‘qigan va eshitgan so‘zlarni eslab qolish.
3. Olimlar tomonidan turli kasb egalarida qaysi xotira turi qay darajada rivojlanganligini aniqlash maqsadida ilmiy-psixologik tajriba o‘tkazildi. Quyidagi diagrammada ana shu tajriba natijasi aks ettirilgan:
28. XOTIRA mavzusidagi ushbu matn mazmunida aks etgan fikrni aniqlang.
A)
Insonda xotiraning faqat ma’lum bir turi shakllangan bo‘ladi va shunga asosan biror kasbni egallaydi.
B)
Insonda obrazli xotira yaxshi shakllangan bo‘lsa, unda ijodkorlik qobiliyati ham bo‘lishi mumkin.
C)
Inson ko‘rgan narsalarining qiyofasini butun umr yodda saqlaydi.
D)
Insonda hamisha harakat xotirasi og‘zaki xotiraga nisbatan sust bo‘ladi.
29. XOTIRA mavzusidagi ushbu matnning 1-qismidagi ko‘p nuqta o‘rnida qo‘llanishi lozim bo‘lgan so‘zni aniqlang.
A)
tajriba B)
mahorat C)
sinov D)
ko‘nikma
30. XOTIRA mavzusidagi ushbu matn va diagrammada aks etgan ma’lumotlarga asoslangan holda mazmunan xato shakllantirilgan gapni aniqlang
A)Ushbu diagrammada tarix fani o‘qituvchisida ham obrazli, ham og‘zaki xotira harakat xotirasiga nisbatan yaxshi ekanligi aks etgan.
B)Ushbu diagrammada haydovchida harakat xotirasi og‘zaki xotiraga nisbatan yaxshiroq ekanligi aks etgan.
C)Ushbu diagrammada yozuvchida obrazli xotira og‘zaki xotiraga nisbatan sust ekanligi aks etgan.
D)Ushbu diagrammada rassomda obrazli xotira haydovchilarga nisbatan
yaxshiroq ekanligi aks etgan