Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   466
TATU Falsafa

262
 
orqali olingan dalillar asosida yuzaga keladi. Olamdagi narsa va hodisalar haqida 
sezgi obrazlari, tasavvurlar bilish jarayonining ma’lum bosqichidagina shakllanadi. 
Sezish inson miyasining tashqi olam bilan dastlabki va bevosita bog’lanishidir. 
Bevositalik sezgilarning eng muhim xususiyatidir. Sezgi obrazi sodir bo’lishi 
uchun uni hosil qiluvchi narsa yoki hodisa ob’ektiv mavjud bo’lmog’i kerak. Bu 
esa, bilish jarayonidagi eng muhim shartdir. Ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi — 
sezgi qotib qolgan, o’lik narsa emas, balki bilish jarayonida o’zgarib turadi. 
Shuning uchun ham bilish bu murakkab va ziddiyatli jarayondir. Bilishning 
ziddiyatli jarayon ekanligini bilimlarimizning to’laroq, chuqurroq bo’lishi uchun 
dalil va ma’lumotlar to’plashga, eski dalil va ma’lumotlarning yangisiga to’g’ri 
kelmay qolishida ko’rishimiz mumkin. Ziddiyatli munosabatlar hal qilinishi bilan 
bilish jarayoni rivojlanib boradi. Bizning ongimiz esa bu taraqqiyotni o’zida aks 
ettirish bilan birga hodisalarning yuzaki xususiyatlari va bilishdan mohiyatni 
bilishga tomon boruvchi tarixiy jarayon ekanini ko’rsatadi. Xulosa qilib shuni 
aytish mumkinki, bilish insonning o’z sezgilari, his va tushunchalari bilan dunyoni 
in’ikos etish jarayonidir. 
6.2.Bilishning bosqichlari. Hissiy va mantiqiy bilish 
 
Tashqi olamning inson miyasida in’ikos qilinishi murakkab dialektik 
jarayondir. Bilish jarayonida narsani, hodisani to’la va mukammal aks ettirish 
uchun ma’lum bir yo’l bosib o’tiladi. 
Bilish tafakkurning o’rganayotgan predmetga yaqinlashuvidan, fikrning 
bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal bo’lmagan bilimdan to’la va 
mukammal bilimga qarab harakat qilishidan iborat cheksiz jarayonni tashkil etadi. 
Bilish eskirib qolgan nazariyani yangi nazariyalar bilan almashtirib, eski 
nazariyalarni yanada aniqlab, olg’a qarab boradi hamda voqelikning tobora 
yangidan-yangi tomonlarini ochadi. 
Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o’ynaydi. Amaliyot ko’pqirrali va 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin