273 inson ongida nisbatan to’g’ri in’ikos etishidir. Amaliyot va fan taraqqiyotida bu
haqiqat tobora takomillashib boradi. Demak, ob’ektiv olamni taxminan to’g’ri
in’ikos ettiradigan, to’la va aniq bo’lmagan, inson bilimining so’nggi taraqqiyoti
jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to’laroq bo’lib boradigan ilmiy
bilimlar (qoida, tushuncha va nazariyalar) nisbiy haqiqatdir.
Nisbiy haqiqatni e’tirof qilish mutlaq haqiqatni inkor etish emas. Chunki
bizning bilimlarimiz tayyor yoki qotib qolgan bilim bo’lmay, mutlaq haqiqatni
bilish nisbiy haqiqatlarni bilish bilan boradi. Mutlaq haqiqatni birdaniga bilib
bo’lmaydi, balki to’liq bo’lmagan taxminiy, ya’ni nisbiy haqiqatlar orqali bilinadi.
Demak, bilish bilmaslikdan bilishga, mukammal bo’lmagan bilimlarning
mukammallashib, aniq bo’lib borishini aks ettiruvchi cheksiz jarayondir.
Olam cheksiz, undagi narsa va hodisalar doim harakatda. Demak, insonning
bilish imkoniyati hech qachon oxiriga yetmaydi. Masalan, materiyaning tuzilishi
to’g’risidagi bilimlarimizni olib ko’raylik. Ilgari materiyaning eng kichik zarrasi
atom bo’linmasdir, deb hisoblanardi. Bu nisbiy haqiqat, chunki u materiya
tuzilishining taxminiy to’g’ri in’ikosi edi. Bunda mutlaq haqiqat — materiya
haqiqatdan atomlardan iborat, degan tasavvur mavjud edi. Materiya tuzilishi
to’g’risidagi bilimlar rivojlanib, XIX asrning oxirida elektron — atomning tarkibiy
qismi kashf qilindi. Bu kashfiyot materiya tuzilishi to’g’risidagi tasavvurga
mugloq haqiqatning yangi zarrasini qo’shib, insonning materiya tuzilishi
to’g’risidagi bilimini yanada chuqurlashtirdi. Hozirgi zamon tabiatshunoslik ilmi
atomning murakkab tuzilishini ochib bermokda. Demak, fan sohasidagi har bir
yangi qadam ilgarigi nazariyaga qaraganda chuqurroq, to’la va aniq bilimni beradi,
ammo bu bilimni butunlay, mutlaq bilim deb bo’lmaydi. Chunki har qanday inson
bilimi mazkur tarixiy davr chegarasidan chiqib ketmaydi. U ilm-fanning ayrim
sohalarida o’z davri tafakkur taraqqiyotini o’n, hatto yuz yillab ortda qoldirishi
mumkin, ammo, o’z davri farzandi bo’lib qolaveradi.
Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashib boradi.
Lekin u moddiy olam qonun va hodisalarini to’la-to’kis bilish darajasiga erisha