Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə334/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   466
TATU Falsafa

.-
29-bet. 




374
 
bilim va madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishda umumta’lim maktablari
texnikumlar, oliy ta’lim va o’rta maxsus o’quv yurtlarida amalga oshirilayotgan 
ta’lim-tarbiya ishlarining ahamiyati katta. Ta’lim-tarbiya oldida turgan asosiy 
maqsad o’sib kelayotgan yosh avlod ongida keksa avlod dono tajribasini 
singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatan va millat 
oldidagi burch va ma’suliyatni his qilishga o’rgatish, qonunlarga rioya etish 
fazilatlarini qaror toptirishdan iboratdir. 
Madaniyatning inson ma’naviy, axloqiy kamolotidagi ahamiyati aytib 
o’tilganlardangina iborat emas. O’z erkini qo’lga kiritgan mamlakatimiz xalqlari 
faoliyatida milliy ong, milliy birdamlik tuyg’usini qaror toptirishning ahamiyati 
ham beqiyosdir. Mustaqil davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan 
xalqda yetuk milliy ong bo’lmasa ozodlik, erkinlik, hurriyatni qo’lda ushlab turish 
behad mushkullashadi. 
Milliy ong, milliy manfaatlarni o’zida ifodalagan ma’naviyatdir. Milliy ong 
milliy madaniyatning tarkibiy qismidir. Milliy ong milliy manfaatning 
cho’qqisidir. Milliy ong milliy madaniyatning millat manfaati bilan, millat istiqboli 
bilan, taraqqiyot bilan bog’liq bo’lgan muammolarning inson ongidagi ifodasidir. 
Milliy ongning shakllanishi ancha murakkab jarayon. U milliy madaniyat 
zaminida shakllanishi, rivojlanishi mumkin. Milliy madaniyat milliy ongning 
asosiy negizini tashkil etadi. Milliy madaniyat qanchalik yuksak bo’lsa, milliy 
ongning shakllanishi uchun imkoniyatlar shu qadar keng bo’ladi. 
Milliy madaniyat va milliy ong aynan teng emas. Milliy madaniyat mazmun 
jihatdan ancha keng bo’lib, millat ma’naviy kamolotining barcha tomonlarini o’z 
ichiga oladi. Milliy ong esa milliy madaniyatning ma’lum davrdagi ijtimoiy ongda 
aks etgan shaklidir. 
Milliy madaniyatning tarkibiy qismi bo’lgan milliy ong, o’z navbatida, 
milliy madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Milliy ongning rivojlanishi 
milliy madaniyatni to’laroq tushunishga, uning istiqboli bilan bog’liq bo’lgan 
yangi imkoniyatlarni topishga imkon beradi. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin