Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə333/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   466
TATU Falsafa

373
 
Yuksak siyosiy bilim va madaniyatga, iymon-e’tiqodga ega bo’lgan inson 
jamiyatimiz, davlatimiz, xalqimiz va millatimizning eng katta boyligi hisoblanadi. 
Ma’naviy barkamollik huquqiy ongni ham o’z ichiga oladi. Inson muayyan 
jamiyatda yashar ekan, uning axloqi va odobining shakllanishi mavjud huquqiy 
mezonlar bilan bog’lanmog’i kerak. Insondagi faollik qabul qilgan qonun va 
qoidalar chegarasida bo’lmog’i kerak. Jamiyat belgilagan, davlat qabul qilgan 
qonunlar chegarasidan chiqib ketgan faollik beboshlikdir, jamoat va davlat 
manfaatlarini mensimaslikdir. 
Yetuk, ma’naviy, ruhiy barkamol, millatparvar, xalqparvar kishilar, vatani 
uchun xizmat qilishni o’zi uchun oliy maqsad deb biladigan odamlar, o’z shaxsiy 
maqsad va manfaatlarini umumxalq, davlat manfaatlaridan ustun qo’ymaydi, 
beboshlik va itoatsizlik, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirishning har qanday 
ko’rinishlariga qarshi kurash olib boradi. 
Jamiyat qabul qilgan qonunlarni hurmat qilish, unga asoslanib ish ko’rish, 
huquqiy qonun-qoidalar va mezonlarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik ma’naviy 
kamolot, axloqiy poklik belgisidir. 
Insonda huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi, uning huquqiy 
bilimi va saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki o’sha 
qonunlarning ko’rsatilgan sohalarda to’la ijro etilishi bilan belgilanadi. 
«Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy 
ma’lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va 
ularga bo’ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilish, o’z haq-
huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy 
madaniyat degani turli mojarolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan 
foydalanishni rad etish demakdir»
1

Insonda huquqiy ong va madaniyat o’z-o’zidan shakllanmaydi. U jamiyatda, 
jamoatchilik o’rtasida ta’lim-tarbiya natijasida shakllanadi. Yoshlarda huquqiy 

1
Karimov I.A.O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-


T.:“O’zbekiston”,1995

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin