Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə341/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   466
TATU Falsafa

381
 
mumkin. Faqat ular bilan teng huquqli, o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatilishi 
mumkin”
1

Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko’ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy 
turlarga bo’linadi. 
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, 
madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy 
boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab 
oladi. 
Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvuri faqat g’oyagina 
emas, balki tuyg’u hamdir. Bu tuyg’u kishida millatning tarixi, ruhiyati, hozirgi 
holati va xususiyatini tushunish, his qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. 
Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaysi millatga mansubligini his 
etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin. Toki millatlar, 
milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy his-tuyg’ular 
ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Millatni milliy qadriyatlardan 
mahrum qilishga urinish tarix va insoniyat oldidagi eng katta jinoyatdir. 
Har bir ruhan sog’lom kishida o’z qadr-qimmatini saqlash, o’zini hurmat 
qilish tuyg’usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni kuzatish mumkin. 
Millatlarning o’zligini anglash jarayoni takomillashgani sari milliy manfaatlar 
ham, milliy qadriyatlar ham kuchayib, mustahkamlanib boraveradi. 
Mintaqaviy qadriyatlar-iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, urf-odat va 
an’analari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy va 
ijtimoiy hodisalar majmuini tashkil etadi.
Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida O’rta Osiyo hududida istiqomat 
qiluvchi o’zbek, qozoq, tojik, qirg’iz, turkman xalqlariga xos bo’lgan qadriyatlarni 
eslatib o’tishimiz mumkin. Buyuk Turon diyorida unib-o’sgan mazkur xalqlarning 
tarixi, tili, madaniyati, dini, urf-odati va an’analarida juda ko’p umumiylik mavjud. 

1
Karimov 


I.A. 
O’zbekiston 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
yo’lida.-
T.:“O’zbekiston”,1995.-170-171-betlar. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin