384 yaratgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy, axloqiy qadriyatlarini ko’p hollarda
poymol qilib kelayotganligini ham tan olishimiz kerak. Huquqbuzarlik,
axloqsizlik, millatimizning urf-odat va an’analariga zid keluvchi xatti-
harakatlarning aholi, ayniqsa, yoshlar ichida avj olib ketayotgani bunga misol bo’la
oladi. Bularning oldini olish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida ko’ndalang turgan
dolzarb vazifadir.
Kishilarni qadriyatlarga iste’molchi yoki kuzatuvchi sifatida qarash
kayfiyatidan xoli etib, aksincha, ularni yanada ko’paytirish, yuksaltirish payida
bo’lishlariga erishish uchun alohida e’tibor berish kerak. Ma’lumki, hayotda hech
bir narsa abadiy emas. Bu qadriyatlarga ham taalluqlidir. Shunday ekan, ularni
doimo boyitib, rivojlantirib, ko’paytirib, yangilab turmog’imiz darkor.
Qadriyatlar katta ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular
o’tmish bilan hozirgi kun o’rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi, shu tufayli millatning
tarixi, uning o’tmish hayoti, madaniyati gavdalanadi. Shuning uchun ham har bir
siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlardan o’z maqsadi, manfaati yo’lida
foydalanib kelgan va hozir ham shunday bo’lmoqda.
Qadriyatlar o’z-o’zidan bevosita insonning ma’naviy qiyofasi, turmush tarzi,
umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning holati, ahamiyati,
insonga ko’rsatadigan ta’siri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi mavjud ijtimoiy
tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan uzviy
bog’langandir. Buni o’zbek xalqi milliy qadriyatlarining o’tmishdagi va hozirgi
holatidan yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy,
madaniy-ma’naviy
qadriyatlarimiz
jahon
hamjamiyatiga eltuvchi ishonchli vosita bo’lib hisoblanadi.
Barqarorlik, tinchlik, millatlararo totuvlik xalqimizning buyuk ijtimoiy-
siyosiy qadriyatlarini tashkil etadi. Xalqlar o’rtasida tinchlik-totuvlik, do’stlik va
o’zaro hamkorlik munosabatlarini o’rnatish millatimizning ongiga, qoniga chuqur
singib ketgan. O’zbekiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash, tinchliksevar
mamlakatlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda