Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   466
TATU Falsafa

380
 
ko’pchilik ma’qullagan xatti-harakatga chorlaydi. 
Jamiyat taraqqiyoti, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o’rin 
tutadi. Erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e’zozlanib, 
qadrlanib kelingan. 
Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning 
oliy qadriyatidir. O’zbekiston Konstitutsiyasida bu to’g’rida shunday so’zlar 
yozilgan: “O’zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy tamoyillarga 
asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va 
boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va 
erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”
1

Jahon xalqlari tomonidan e’tirof etilgan “Inson huquqlari va erkinliklari 
deklaratsiyasi”ga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir 
insonning fuqarolik, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
huquqlari kafolatlangan, fuqarolarning burchlari belgilab qo’yilgan. 
Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida istiqlol tufayli qo’lga kiritilgan 
barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi. 
“Ko’p millatli jamiyatimizda, - degan edi I.Karimov, - ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlik, fuqarolar o’rtasida tinchlik va millatlararo totuvlik saqlanganligi 
mustaqil O’zbekistonning bunyod bo’lishi va rivojlanishining birinchi, 
boshlang’ich bosqichida qo’lga kiritilgan eng asosiy yutuq bo’ldi”
2

“Barqarorlik, tinchlik, totuvlik — bular davlatchiligimizning yangi binosi 
barpo qilinadigan poydevordir. Bu bizning ertangi porloq kunimizga olib 
boradigan yo’ldir... Tinchlik va barqarorlik - bular xalqaro hamjamiyat bilan 
birlashtiruvchi vositadir...
Insonparvarlik, yaxshilik, sofdillik singari umuminsoniy qadriyatlarni qabul 
qilgan va birgalikda baham ko’rgan mamlakatgina, xalqgina butun dunyo 
xalqlariga yaqin va tushunarli bo’lishi, jahon hamjamiyatiga qabul qilinishi 

1
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:“O’zbekiston”, 2018.-7-bet. 


2
Karimov 
I.A. 
O’zbekiston 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
yo’lida.-
T.:“O’zbekiston”,1995.-167-bet. 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin