377
Mazkur ta’rifdan ko’rinib turganidek, qadriyatlar,
birinchidan,
voqelikda
mavjud bo’lgan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarini ifodalaydi;
ikkinchidan,
ularni qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari,
manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlari bilan belgilanadi;
uchinchidan,
tabiat va
jamiyat ne’matlari, hodisalarning qadriyat turkumiga kiritilishining asosiy sababi
— kishilar ularni qadrlaydilar, avaylab-asraydilar, chunki bu qadriyatlar ularning
shaxsiy va ijtimoiy turmushlarini boyitadi.
Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kishilarning amaliy faoliyati
jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohadagi,
avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan
narsa va hodisalar majmui bilan bog’liq ravishda yuzaga keladi. So’ngra asta-sekin
sub’ekt faolligining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqil soha tarzida amal qila
boshlaydi.
Tabiat va jamiyat hodisalari inson faoliyati natijasida, uning ehtiyojlarini
qondirganligi tufayli qadriyat sirasiga kiritiladi. Insonning manfaatlari,
ehtiyojlarini qondira olmagan, orzu-istaklari, ideallariga mos kelmaydigan tabiat
va jamiyat hodisalarini qadriyatlar deb hisoblash noo’rindir. Masalan, tabiatdagi
qazilma boyliklar inson ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatila boshlagandan
keyingina qadriyatga aylanadi. Shungacha ularni tabiiy boyliklar deb
hisoblashimiz lozim.
Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra, bir necha turga bo’linadi. Jumladan,
inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron
narsaning qadr-qimmati haqida so’zlash bema’nilikdir. Shuning uchun ham inson
qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimli va madaniy
saviyasini rivojlantirish, sog’lig’ini saqlash, hayotini himoya qilish, davlatimiz
siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi.
Jamiyatimizda ro’y berayotgan tub o’zgarishlarning, islohotlarning barchasi
kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini chinakam erkin his etishi, o’z
mehnatining, o’z taqdirining, o’z mamlakatining egasi bo’lishini ta’minlashga
|