407 yaratilishi ilmiy falsafaning asosiy qoidalaridan biri, ya’ni alohida sur’atda
tashkil topgan materiyaning funktsiyalari bo’lmish tafakkur haqidagi qoidani
isbotlab bermokda. Kibernetik mashinalarni tokomillashtirishning chegarasi bormi?
Mashinalar o’z yaratuvchisi bo’lgan insondan o’zib ketishi va undan aqlliroq
chiqishi mumkinmi? Bunday savollarga hozircha javob yo’q. Bu bahslarda turli nuqtai
nazarlar ta’rifi mavjud. Kibernetika asoschisi N.Viner hisob mashinalarining
imkoniyatlarini kattalashtirib yubormagan holda ularning fahm-farosatga o’xshash
xislati bo’lishi kerak degan fikrni aytgan edi. Akademik A.Kolmagorovning fikriga
ko’ra, avtomatlar eng murakkab sistemalar, masalan, tirik organizmlar va hatto inson
miyasidek barcha asosiy xossalarga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun bunday
sistemalar uchun avtomatlar degan so’zning o’zi bir muncha — shartli bo’lib, biz
ularni tirik mavjudotlar deb atashimiz mumkin bo’ladi.
Nevrolog Pol Kossa fikricha, inson yasagan mashina uning ishtirokisiz hech
narsa qila olmaydi. Mashina inson xohlagan holatdaligicha, ya’ni ajoyib qurol
holidagicha qolaveradi. Mashinada fikr qilish qobiliyati butunlay yo’q bo’lib,
ijodchisining fikrini aks ettiradi, xolos. Chunki u ongdan — batamom mahrumdir.
Akademik A.Berg esa kibernetika sanoatda ham, fanda ham, ijtimoiy hayotda ham
inson o’rnini bosa olmaydi, hech qachon mashina jamiyati mavjud bo’la olmaydi,
deb ta’kidlaydi.
Insoniyat bir necha asrlardan buyon miya faoliyati haqidagi bilimlarni
to’plashga urinib keldi va kelmoqda. Miya kishiga bilish, yaratishdek katta baxt
keltiradi, koinot qa’riga chiqib borishga, bepoyon va benihoyat atom sirlarini
bilishga imkon beradi.
Miya murakkab biologik organizm bo’lib, uning o’rtacha vazni chamasi 1000-
1400 gramm keladi. Odam miyasining mutlaq vazni qariyb barcha hayvonlarning
miyasi vaznidan katta. Miya vaznining gavda vazniga nisbati jihatidan esa, inson
umuman barcha hayvonlardan ancha yuqori turadi. Inson miyasida 14 milliarddan
ortiq nerv hujayralari bo’lib, ularning kattaligi 5-200 mikron chamasi keladi. Inson
xotirasi murakkabligi, samaradorligi jihatidan mashina xotirasidan ancha ustun